Линклар

15 oktyabr kuni kechqurun Voronej shahridagi ko‘p qavatli turar joy binosi oldida qo‘y so‘ygan to‘qqiz nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi.

Rossiya IIVning Voronej viloyati Bosh boshqarmasi matbuot xizmatiga tayanib mahalliy axborot agentliklarining xabar berishicha, mahalliy aholi vakillari politsiya navbatchisiga qo‘ng‘iroq qilib o‘zbeklar odamlar, jumladan, yosh bolalar ko‘z o‘ngida qo‘y so‘yganidan shikoyat qilgan.

Tezkor-tergov guruhi o‘sha joyga zudlik bilan yetib kelib voqea aloqador o‘zbeklarni qo‘lga olgan.

Ular qo‘y so‘yganini tan olib ko‘rsatma berishgan.

Politsiya xodimlari hayvonga nisbatan shavqatsiz munosabatda bo‘lganlik ayblovi bo‘yicha jinoiy ish ochgangan. Voqea yuzasidan tekshiruv davom etmoqda.
XS
SM
MD
LG