Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:07

Bir trillion dollarlik biznes o‘zbek paxtasini boykot qilmoqda


Qullar mehnati evaziga yetishtiralaëtgan o‘zbek paxtasini ishlatishni istamasligini baën qilgan shirkatlar soni bugunga kelib 136 taga yetdi.
Qullar mehnati evaziga yetishtiralaëtgan o‘zbek paxtasini ishlatishni istamasligini baën qilgan shirkatlar soni bugunga kelib 136 taga yetdi.
Bolalar va majburiy mehnat evaziga jahon bozoriga olib kelinayotgan o‘zbek paxtasini boykot qilish kampaniyasi davom etmoqda. Qarorgohi Kaliforniyada joylashgan Responsible Sourcing Network nohukumat tashkiloti hisobicha¸ 2013 yil oktyabriga kelib bu boykotga qo‘shilgan shirkatlar qo‘shma kapitali qimmati astronomik ko‘rsatkich - 1 trillion AQSh dollaridan oshgan.

16 oktabr kuni O‘zbekiston hukumati Toshkentda navbatdagi xalqaro paxta yarmarkasini boshladi.

O‘zbek paxtasiga yangi xaridorlar topish maqsadida 2005 yildan beri o‘tkazib kelinayotgan bu tadbirda¸ rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra¸ 40 dan oshiq davlatdagi 1000 dan oshiq shirkat vakillari ishtirok etmoqda.

Mazkur yarmarka boshlanishi arafasida bosh qarorgohi AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan Responsible Sourcing Network (RSN) O‘zbekiston hukumatiga o‘z “sovg‘a”sini taqdim etdi.

Responsible Sourcing Network inson haqlarining toptalishi va kundalik ehtiyoj buyumlari ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan xom-ashyoni yetishtirishdagi majburiy mehnatga barham berishni o‘z oldiga maqsad qilgan. Bu nohukumat tashkilotiga ko‘ra¸ 2013 yil 15 oktabriga qadar “O‘zbek paxtasidagi bolalar va majburiy mehnatga qarshi shirkat ahdi” deb nomlangan deklaratsiyaga qo‘shilgan tijoriy shirkatlar soni 136 taga yetgan.

O‘zbek paxtasini yetishtirish va terishdagi majburiy mehnatga barham berilmaguncha¸ uni sotib olishdan voz kechganini e‘lon qilgan bu 136 shirkatning bozordagi umumiy qimmati esa 1.024 trillion AQSh dollariga yetgan.

Aytilishicha¸ bunday Ahdga qo‘shilgan so‘nggi shirkatlar orasida IKEA VA Lululemon athletica kabi yirik brendlar bor.

“O‘zbekiston hukumati uchun bundan kuchliroq mujda berilishi mumkin emas. Bugun dunyoni kiyintirayotgan bir trillion dollarlik kiyim-kechak sanoati Toshkentga biz qullar mehnati bilan yig‘ilgan paxtaning global bozorga kirishini istamaymiz va uning yo‘lini to‘sish uchun harakatga kirishdik¸ demoqda”¸ deyiladi Responsible Sourcing Network (RSN) bayonotida.

Global miqyosda olib borilayotgan o‘zbek paxtasini boykot qilish kampaniyasi¸ uning tashabbuschilari fikricha¸ kichik bo‘lsa-da o‘z samarasini berayapti.

“2012 yildan boshlab 7-12 yashar bolalar ommaviy tarzda paxtaga safarbar etilmaydigan bo‘ldi. Ammo ayni paytda¸ bunday tekin ish kuchidan mosuvo bo‘lgan Toshkent hukumati asosiy og‘irlikni talaba va kattalar yelkasiga tashladi va majburan paxtaga haydalayotgan aholi soni oshib ketdi. 2008 yildan beri paxta mavsumida O‘zbekistonga kirish uchun izn ola olmay kelgan Xalqaro mehnat tashkiloti kuzatuvchilarining bu yil mamlakatga kiritilishi ham xalqaro bosimning oz bo‘lsa-da samara berayotgani ifodasidir”¸ deyiladi Responsible Sourcing Network bayonotida.

Xalqaro kuzatuvchilarga o‘zbek rasmiylari hamrohlik qilayotgani ularning vaziyatga ob‘ektiv baho berishlarini savol ostida qoldirayotganini ta‘kidlagan o‘zbek paxtasini boykot qilish tashabbuschilari¸ BMT mutaxassislarini mamlakat bo‘ylab davlat xizmatchilaridan tortib xususiy tadbirkorga qadar hammaning yalpi tarzda paxtaga majburlanayotganiga oid faktlar yig‘ishda davom etayotganini alohida urg‘ulaydi.
XS
SM
MD
LG