Линклар

Yangi iPad planshetlari 22 oktabr kuni taqdim etiladi


Apple shirkati asoschisi Stiv Jobs iPad planshetining ilk modelini taqdim etmoqda. San Fransisko, 2 mart 2011 yil.

Apple shirkati asoschisi Stiv Jobs iPad planshetining ilk modelini taqdim etmoqda. San Fransisko, 2 mart 2011 yil.

Sentabr oyida iPhone 5S va 5C smartfonlarini e'lon qilgan Apple shirkati 22 oktabr kuni yana yirik taqdimot marosimi o'tkazishini ma'lum qildi.

Shirkat an'anaviy tarzda qaysi mahsulotlarini taqdim etishini e'lon qilmagan bo'lsa-da, kuzatuvchilar gap aynan iPad va iPad mini planshetlari haqida ketayotganini aytishmoqda.

Yangi planshetlarda kuchliroq protsessor - 64 bitli A7X chipi o'rnatilishi, kameralarning yaxshilanishi va iPhone 5S'dagi kabi barmoq izlarini "taniy oladigan" texnologiya bo'lishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, Internetda sizdirilgan surat va videolarga ko'ra, iPad 5 va iPad mini 2'ning tashqi ko'rinishi ham eski avlodlariga solishtirganda o'zgacharoq bo'ladi.

iPad mini 2 plansheti tasvirni yuqori aniqlikda ko'rsatuvchi Retina ekraniga ega bo'lishi ham taxmin qilinmoqda.

Apple 22 oktabr kuni yangi planshetlar bilan birga Mac Book Pro noutbukining yangi modellarini taqdim qilishi ham mumkin.

iPad planshetining ilk modeli 2010 yilda Apple'ning o'sha davrdagi rahbari Stiv Jobs tarafidan taqdim etilgan edi.

Apple shirkati to'rt yilda (2010-2012) jami 100 milliondan ortiq iPad planshetini sotgan. Joriy yilning uchinchi choragida esa 15 million dona iPad sotilgani aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG