Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:47

Tojikistonda “jodugar mulla” ustidan mahkama boshlanadi


Tojikistonda “jodugar mulla” nomi bilan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videorolik qahramoni Asadullo Ibrohimov ishi bo‘yicha tergov tugadi va 18 oktyabr kuni uning ustidan sud jarayoni boshlanadi.

Dushanbe shahridagi Sino tumani Jinoyat sudi 18 oktyabr kuni “jodugar mulla” nomi bilan tanilgan Asadullo Ibrohimov ustidan ochilgan jinoyat ishini ko‘rib chiqishga kirishadi.

Sud mas‘ullarining Ozodlik muxbiriga aytishicha, garchi bu jinoiy ishga “maxfiy” tamg‘asi bosilmagan bo‘lsa-da, qonunga muvofiq, fuqarolarning jinsiy hayoti muhokama qilinadigan bunday mahkamalar yopiq eshiklar ortida o‘tadi.

Asadullo Ibrohimov ustidan ochilgan jinoiy ish oktyabr oyining boshlarida tugallanib, Sino tumani Jinoyat ishi sudiga yuborilgan edi. Bu ish yuzasidan tergov olib borgan tergovchi Bahriddin Emomovning Ozodlik muxbiriga ma‘lum qilishicha, Asadullo Ibrohimovga nisbatan Tojikiston Jinoyat kodeksining 139-moddasi (jinsiy tajovuz) bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan. Agar Ibrohimov aybdor ekani isbotlansa, 5 yildan 7 yilgacha qamalishi mumkin.

Жодугар мулла
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:45 0:00


Bundan ikki oy avval ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga sabab bo‘lgan Asadullo Ibrohimov ishtirokidagi videorolikda “tabib mulla” va xasta juvon tasvirlangan. Unda “duoxon tabib” Qur‘ondan oyatlar o‘qish barobarida shahvoniy tarzda juvonning butun badanini g‘ijimlab tashlaydi.

Tasvirdagi mulla juvonning lozimini tushirib jinsiy aloqa ekani ishonilgan harakatni amalga oshiradi.

Bu videorolikni ko‘rgan minglab tomoshabin mulla harakatini qoralagani aytiladi. Tojikiston huquq idoralari ham bu voqea ortidan mamlakatdagi obro‘li din ulamolaridan birining o‘g‘li bo‘lgan Asadullo Ibrohimovni hisbga olgan edi.

Avvalroq Tojikiston Ichki ishlar vazirligi sayti “1966 yilda tug‘ilgan, Dushanbe shahrida yashovchi fuqaro Ibrohimov Asadullo Xalilovich shu yilning 12 avgust kuni Rudakiy tumanida yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan Rahimova Zilola Do‘stiyevnaning nochor ahvolidan foydalanib, ayolning uyida u bilan shahvoniy xatti-harakatlarni amalga oshirgan”, deb yozgan edi.

Tojikiston Islom Uyg‘onish partiyasi rais o‘rinbosari, parlament deputati Sayidumar Husayniy bu ruhoniylarni obro‘sizlantirish yo‘lidagi fitna bo‘lishi mumkinligini ham e‘tibordan soqit qilmaydi.

- Biz ko‘plab mullalar hukumat va xavfsizlik idoralari nazorati ostida ekaniga guvoh bo‘lib turibmiz. Bu odamlar o‘shalarning ko‘rsatmasi bilan masjid va minbarlarning egasiga aylanib olayaptilar, shuning uchun ular Xudo va payg‘ambar irodasiga emas, hukmdorlar va maxsus xizmatlar buyruqlariga itoat qilayaptilar, deydi Sayidumar Husayniy.

Tojikiston parlamentining boshqa deputati Saodat Amirshoyeva esa Asadullo Ibrohimovga o‘xshagan “mulla”lar muqaddas Islom diniga ham, mamlakatga ham isnod keltirayotganini aytadi.
XS
SM
MD
LG