Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:45

Toshkentda 1 milliard dollarlik paxta tolasi sotish bo‘yicha shartnomalar imzolandi


Toshkentda 16-17 oktyabr kunlari o‘tkazilgan IX Xalqaro paxta yarmarkasida O‘zbekiston paxta tolasini sotib olish yuzasidan 1 milliard dollarlik shartnomalar imzolandi.

O‘zA axborot agentligining bildirishicha, xorijga 680 ming tonna paxta tolasi sotiladi. Rossiya, Bangladesh, Xitoy va Janubiy Koreya o‘zbek paxtasining asosiy xaridorlari hisoblanadi.

O‘zbekistonda paxta yetishtirishda majburiy mehnatdan foydalanilgani bois dunyoning 108 ta chakana savdo shirkati O‘zbekiston paxtasidan tayyorlangan mahsulotlardan voz kechgan.

O‘zbekistonda har yili taqriban 3,5 million tonna paxta xom ashyosi va 1-1,2 million tonna paxta tolasi ishlab chiqariladi.
XS
SM
MD
LG