Линклар

Bugun, 18 oktabr kuni O'zbekistonning 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan tashkil topgan terma jamoasi o'smirlar Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini o'tkazadi.

Unda murabbiy Dilshod Nuraliyev shogirdlari Panama yoshlar terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Birlashgan Arab Amirliklarning Fujayra shahrida o'tadigan uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

O'zbekistonlik yosh sportchilar 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Jahon chempionatining guruh bosqichida Marokash, Panama va Xorvatiya yoshlari bilan kuch sinashishadi.

Eslatamiz, Dishod Nuraliyev boshchiligidagi yoshlar jamoasi o'tgan yili 16 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatida g'olib bo'lishgan edi.

E'tiboringizga O'zbekiston futbol federatsiyasi matbuot kotibi Sanjar Rizayev tarafidan O'zbekiston-Panama uchrashvi uchun tayyorlangan promo-rolikni havola etamiz.

XS
SM
MD
LG