Линклар

UZ domen hududida qaydga olingan faol domenlar soni 17 mingdan oshdi. Bu haqda UzDaily.uz sayti Domen hududi ma‘muriyati ma‘lumotlariga tayangan holda xabar tarqatdi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, yil boshidan buyon UZ milliy domen hududidagi o‘sish 7,4 foizni tashkil etgan. Joriy yilda 5195 ta yangi domen qaydga olingan, 4011 ta domen esa o‘chirilgan.

Mazkur domen nomlarining 55 foizi yuridik shaxslarga, 45 foizi esa jismoniy shaxslarga tegishli ekani aytilmoqda.

UZ. domen hududidagi saytlar mashhurligini o'rganuvchi www.uz xizmatiga ko'ra, O'zbekistondagi eng mashhur "milliy" saytlar o'nligiga quyidagilar kiradi: mover.uz, uff.uz, mytube.uz, torg.uz, player.uz, nnm.uz, afisha.uz, olam.uz, okay.uz va tas-ix.net.
XS
SM
MD
LG