Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:45

O‘zbekistonlik ziyoratchilar Hajdan qayta boshladi


20 oktyabr kuni o‘zbekistonlik ziyoratchilarning birinchi guruhi Saudiya Arabistonidan qaytib keldi. Bu haqda O‘zbekiston Vazirlar mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati ma‘lumot tarqatdi.

Aytilishicha, Jidda-Toshkent yo‘nalishidagi uchoqda vatanga qaytgan ziyoratchilar poytaxtdagi “Navza” masjidiga olib kelib qo‘yilgan.

Rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, bu yil O‘zbekistondan Haj ziyoratiga 5 ming 200 kishi borgan.

Saudiyada qolayotgan boshqa o‘zbekistonlik hojilar 1 noyabrgacha uylariga qaytishlari kutilmoqda.
XS
SM
MD
LG