Линклар

Beeline uyali aloqa operatori 5 noyabrdan xizmat turlariga yangi narxlar joriy etilishini bildirdi.

Avvaldan pul to‘lash tizimining Status tarif seriyasidan tashqari hamma tarif rejalariga belgilangan kundalik abonent to‘lovi 1 tsentga oshiriladi.

Hozirda kundalik abonent to‘lovi 3 tsentni tashkil etadi.

Bundan tashqari Beeline tarmog‘iga ulanayotgan yangi mijozlarga “Oddiy nomer” xizmat turi qo‘shiladi va mijoz 1,5 dollar to‘lashi kerak bo‘ladi.

Beeline oxirgi marta kundalik abonent to‘lovi narxini joriy yil 20 yanvar kuni 2 tsentdan 3 tsentga oshirgan edi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG