Линклар

Moskvaning Yeletskoy ko‘chasidagi injener-dispecherlik xizmati binosi yerto‘lasida 44 nafar O‘zbekiston fuqarosi yashagani aniqlandi.

Rossiya IIV Bosh boshqarmasi matbuot xizmatiga ko‘ra, tekshiruv natijasida ulardan 9 nafari migratsiya qonunlariga zid ravishda Rossiya hududida ekani aniqlangan.

Politsiya mehnat muxojirlarining noqonuniy yashashi va ishlashini uyushtirganlikda gumon qilingan 56 va 45 yoshdagi ikki ayolni ham qo‘lga oldi.

Ular mexanik-nazoratchi bo‘lib ishlagan. Noqonuniy ishlarga injener-dispecherlik xizmatining bosh buxgalteri va bo‘lim boshlig‘i aloqador ekani taxmin qilinmoqda.

Hozirda voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atish masalasi ko‘rilmoqda.

10 oktyabr kuni Moskvaning G‘arbiy Biryulyovo mavzeida rossiyalik Yegor Sherbakov o‘ldirganidan ikki kun keyin ro‘y bergan zo‘ravonliklarda 23 odam jarohat olgan edi.

Ushbu voqeadan so‘ng Moskvada “zachistka” va “noqonuniy mehnat muhojirlaridan tozalash” amaliyotlari boshlandi.

Reydlar davomida 1200 dan ortiq mehnat muxojirlari, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari ham qo‘lga olindi.
XS
SM
MD
LG