Линклар

Internetdagi eng mashxur qidiruv tizimi va video-portalga egalik qiluvchi Google shirkati aksiyasi ilk bor 1000 AQSh dollaridan oshdi.

Juma kuni Google shirkatining bitta aksiyasi qimmati 13,8 foizga oshib 1011 dollar 41 sentni tashkil qildi.

Bosh qarorgohi AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan Google aktsiyalari narxi oshishiga yilning uchinchi choragida shirkat daromadi 36 foizga ko‘paygani sabab bo‘ldi.

Youtube.com video portali va Android tizimiga egalik qiluvchi Google ning aktsiyalari qiymati so‘nggi besh yil davomida ikki barobarga oshdi.

Google shirkatiga 1998 yili Larri Peyj va Sergey Brinlar tarafidan asos solingan. Ayni damda dunyodagi eng mashhur Google.com qidiruv tizimi esa ular tarafidan 1996 yili ishga tushirilgan edi.
XS
SM
MD
LG