Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:03

“Titanik”da kuy chalingan skripka 1 million 450 ming dollarga sotildi


“Titanik” kemasi suvga cho‘kayotgan paytda yo‘lovchilarni tinchlantirish uchun orkestr tarkibida kuy chalingan skripka kimoshdi savdosida 1 million 450 ming dollarga rekord narxda sotildi.

1912 yilgi fojiada 1500 nafar yo‘lovchi bilan birga suv qa‘riga g‘arq bo‘lgan musiqachi Vallas Xartleyning tanasiga bog‘liq holda topilgan mazkur skripka Angliya janubida 19 oktyabr kungi kimoshdi savdosida sotildi.

Tashkilotchilar savdo boshlanishidan oldin skripka ko‘pi bilan 323 ming dollarga sotilishi mumkinligini taxmin qilgan edi.

Germaniyada yasalgan skripka 2006 yilda topilganidan beri uning haqiqiy ekani qator tekshiruvlar natijasida isbotlangan. Dengiz suvi zarar yetkazgan ushbu skripkada kuy chalish imkonsiz.

Eslatish joizki, 2011 yil iyun oyida Londondagi kimoshdi savdosida Antonio Stradivari 1721 yilda yasagan va "Lady Blunt" deb nomlangan noyob skripka 16 million dollarga sotilgan edi.
XS
SM
MD
LG