Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:03

Jahon chempionati U-17: O'zbekiston - Marokash 0:0


O'zbekistonning 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan tashkil topgan o'smirlar terma jamoasi 21 oktabr kuni o'smirlar Jahon chempionatining navbatdagi guruh uchrashuvida Marokash yoshlari bilan kuch sinashdi. O'yinda 0:0 hisobidagi durang natijasi qayd etildi.

Birlashgan Arab Amirliklarning Fujayra shahrida o'tgan uchrashuvning birinchi bo'limi marokashlik yoshlarning to'liq ustunligida o'tdi.

Afrikalik yoshlar O'zbekiston jamoasi darvozasi oldida qator xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi, biroq noaniq zarbalar hamda darvozabon Sarvar Karimov va himoyachilarning aniq harakatlari tufayli hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo'limda O'zbekiston jamoasi safida yuz bergan o'zgarishlar o'z samarasini berib, Nuraliyev shogirdlari raqib darvozasi oldida bir necha bor xavfli onlar yaratishdi. Biroq yoshlarimizning urinishlari samara bermadi. O'yin 0:0 hisobida yakunlandi.



Any damda O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bir g'alaba va bir durangdan so'ng 4 ochko to'plagan holda "C" guruhining ikkinchi pog'onasida bormoqda. Birinchi o'rinda 4 ochkoga egan, biroq gollar nisbati bo'yicha O'zbekistondan o'ldidan bo'lgan Marokash jamoasi turibdi.

Dilshid Nuraliyev shogirdlarining guruhdagi uchinchi va so'nggi uchrashuvi 24 oktabr kuni Xorvatiya yoshlariga qarshi bo'lib o'tadi. Ayni damda Xorvatiya jamoasi 3 ochko to'plagan holda guruhda uchinchi o'rinda bormoqda.

Agar Xorvatiyaga qarshi o'yinda g'alaba yoki durang natijasi qayd etilsa, O'zbekiston jamoasi nimchorak finalga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

Guruhda uchinchi o'rinni egallagan holda ham o'zbekistonlik o'smirlarning keyingi bosqichga chiqish imkoniyati saqlanib qoladi. Buning uchun ular uchinchi o'rinni egallagan oltita jamoaning eng yaxshi to'rtligiga kirishi kerak.

Eslatamiz, Dishod Nuraliyev boshchiligidagi yoshlar jamoasi o'tgan yili 16 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatida g'olib bo'lishgan edi.

17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi 2013 yilgi Jahon chempionatiga Birlashgan Arab Amirliklari mezbonlik qilmoda. Musobaqaning final o'yini 8 noyabr kuni Abu Dabi shahrida bo'lib o'tadi.
XS
SM
MD
LG