Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 22:32

Tennis: Denis Istomin taniqli Rojer Federerga qarshi kortga tushadi


O'zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin
O'zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin
O'zbekistonlik tennischi Denis Istomin chorshanba kuni Shveysariyaning Bazel shahrida o'tayotgan "Swiss Indoors" xalqaro turnirining ikkinchi bosqichida taniqli tennischi Rojer Federer bilan uchrashadi.

Birinchi bosqich uchrashuvida Istomin turnirning juftlik bahslaridagi sherigi - argentinalik tennischi Orasio Seballos bilan kuch sinashdi. Mashaqqatli kechgan va ikki set davom etgan uchrashuv 7:5, 7:6 (3) hisobida o'zbekistonlik tennischi foydasiga yakunlandi.

Ayni damda ATP jahon reytingida 6 o'rinda borayotgan Rojer Federer esa birinchi bosqichda ushbu reytinda 62-o'rinda bo'lgan fransiyalik Adrian Mannarino ustidan oson g'alabaga erishdi (6:4, 6:2).

Bungacha 27 yoshli Istomin o'zidan besh yosh katta bo'lgan Federerga qarshi jami to'rt martta kortga tushgan. Uchrashuvlarning barchasi shveysariyalik tennischi g'alabasi bilan yakunlangan.

Rojer Federer 17 marta Katta dubulg'a turkumiga kiruvchi turnirlarda g'alaba qozongan va uzoq vaqt davomida dunyoning birinchi raketkasi bo'lib kelgan.

Sentabr oyi boshida US Open turnirining to‘rtinchi bosqichigacha yetib borgan Denis Istomin ATP reytingida 85-pog‘onadan 47-pog‘onaga ko‘tarilib olgan edi. Ayni damda u 48-o'rindan joy olgan.

Asosan Rossiyada istiqomat qiluvchi o‘zbekistonlik tennischiga uning onasi Klaudiya Istomina murabbiylik qiladi.
XS
SM
MD
LG