Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:27

TV Markaz efir to‘xtatilishiga rasmiy izoh berdi


O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga tegishliligi aytiladigan TV Markaz telekanali teleko‘rsatuvlarining yangi formatga o‘tayotgani munosabati bilan o‘z efirini vaqtincha to‘xtatgan.

Efirning vaqtincha yopilishi sabablari haqida telekanal to‘xtatilishidan ikki kun o‘tib, 23 oktyabr kuni o‘z sayti orqali ma‘lum qildi.

Telekanalga ko‘ra, teleko‘rsatuvlar namoyishining yangi formatga o‘tishi "telekanal taraqqiyotining yangi bosqichiga sifatli o‘tish, yangi teledasturlarni samarali tayyorlash va televideniyening eng oliy talablariga javob berish" imkoniyatini yaratadi.

Biroq TV Markaz bayonotida ushbu e‘lon nima uchun efir to‘xtatilishi arafasida emas, balki efir o‘chirilganidan ikki kun o‘tib berilgani to‘g‘risida izoh berilmagan.

Telekanal qachon o‘z efirini qayta boshlashi ham hozircha noaniq qolmoqda.

Eslatamiz, Gulnora Karimovaga tegishliligi iddao qilinadigan Terra Group shirkatiga qarashli Forum TV, TV Markaz, NTT va SOFTS telekanallari 21 oktyabrdan boshlab efirga chiqishni to‘xtatgan edi.

Mazkur telekanallarining faoliyati shu kunlarda huquq-tartibot organlari tarafidan jiddiy taftish qilinayotgani xabar qilinmoqda.
XS
SM
MD
LG