Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:49

Jahon chempionati U-17: O‘zbekiston nimchorak finalda


O‘zbekistonning futbol bo‘yicha 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar terma jamoasi o‘smirlar Jahon chempionatining guruh bosqichida ikkinchi o‘rinni egallab, nimchorak finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiridi.

24 oktyabr kuni BAAning Fujayra shahrida o‘tgan “C” guruhining so‘nggi uchrashuvida o‘zbekistonlik yoshlar xorvatiyalik tengqurlari ustidan 2:1 hisobida ustun kelishdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida xorvatiyalik futbolchilar ustunligi yaqqol sezilgan bo‘lsa-da, ikkinchi bo‘limda murabbiy Dilshod Nuraliyev shogirdlari ishonchli harakat qilishdi.

Gollarga Kaleta Kar (14-avtogol), Alen Halilovich (28) va Jamshid Boltaboyevlar (79) mualliflik qilishdi.

Shunday qilib, o‘zbekistonlik yoshlar 3 o‘yinda 7 ochko to‘plagan holda “C” guruhida ikkinchi o‘rinni egallashdi. Birinchi o‘rinni 7 ochko to‘plagan, biroq gollar nisbati bo‘yicha oldinda bo‘lgan Marokash jamoasi egalladi.

28 oktyabr kuni o‘tadigan nimchorak finalida Nuraliyev shogirdlari “A” guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan gonduraslik tengqurlari bilan bellashishadi.

XS
SM
MD
LG