Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:38

“Jodugar mulla” 7 yilga kesildi


 Asadullo Ibrohimov sudda
Asadullo Ibrohimov sudda
Tojikistonda ijtimoiy tarmoqlarda “jodugar mulla” nomi bilan tarqalgan videorolik qahramoni Asadullo Ibrohimov Dushanbe shahri Sino tumani sudi qaroriga ko‘ra¸ 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Asadullo Ibrohimov Tojikiston Jinoyat kodeksining 139-moddasi (jinsiy tajovuz) bo‘yicha aybli deb topilgan.

Bundan tashqari Tojikiston mahkamasi Asadullo Ibrohimovni firibgarlikda ham ayblagan.

Sud ajrimiga ko‘ra¸ Asadullo Ibrohimov jazoni o‘taganidan keyin besh yil mobaynida diniy lavozimlarda ishlashiga taqiq qo‘yilgan.

Asadullo Ibrohimovning o‘zi suddagi so‘ng so‘zida qonun oldida aybsiz ekanligini ta‘kidlagan.

Ibrohimov islomiy ahloq me‘yorlarini buzganini e‘tirof qilgan holda¸ dunyoviy qonunga zid harakat qilmaganini aytgan.

Ibrohimov 8 nafar farzandi borligi va salomatligi zaifligini hisobga olib suddan avf tilagan.

Ibrohimovning turmush o‘rtog‘i Bibikalon Ibrohimova ham eriga chiqarilgan aybning adolatsiz ekanligini Ozodlik muxbiriga bildirgan.

Mahkumning advokati Mavluddjon Solihov o‘z mijozining aldab tuzoqqa tushirilganini Ozodlik muxbiriga aytdi.

Advokatga ko‘ra¸ Zilola Rahimova Ibrohimovga turmushga chiqish niyatida o‘z ishqiy aloqasini tasvirga tushirtirgan.

Sud boshlanishidan oldin Tojikiston Ichki ishlar vazirligi sayti “1966 yilda tug‘ilgan, Dushanbe shahrida yashovchi fuqaro Ibrohimov Asadullo Xalilovich shu yilning 12 avgust kuni Rudakiy tumanida yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan Rahimova Zilola Do‘stiyevnaning nochor ahvolidan foydalanib, ayolning uyida u bilan shahvoniy xatti-harakatlarni amalga oshirgan”, deb yozgan edi.

Bir muddat ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga sabab bo‘lgan Asadullo Ibrohimov ishtirokidagi videorolikda duoxon domla va xasta juvon tasvirlangan. Unda domla Qur‘ondan oyatlar o‘qish barobarida shahvoniy tarzda juvonning butun a‘zoyi badanini g‘ijimlab tashlaydi.

Tasvirdagi mulla juvonning lozimini tushirib jinsiy aloqa ekani ishonilgan harakatni bir necha bor amalga oshiradi.

Жодугар мулла
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:45 0:00


Bu rolik tarqalganidan keyin¸ sentyabr oyida Tojikiston rasmiylari uni qoralab, e‘tiborli din arboblaridan birining o‘g‘li bo‘lgan “jodugar mulla”ni hibsga olindi.

Mazkur videorolik kim tomonidan tasvirga olingani va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgani aniq emas.

Tojikiston hukumati qoshidagi din ishlari bo‘yicha qo‘mita rais o‘rinbosari Mavlon Muxtorovning Ozodlik tojik xizmatiga bildirishicha, Asadullo Ibrohimov mulla ham, imom-xatib ham emas, balki oddiy dindor bo‘lib hisoblanadi. U bu kabi xatti-harakatlar uchun jazo berilishi lozimligini, “chunki Qur‘ondan suralar o‘qib, bunday harakatlar qilish qabul qilib bo‘lmas ish” ekanini, musulmon odam bunday ishlarni qilmasligini aytdi. Mavlon Muxtorov o‘zidagi ma‘lumotlarga tayangan holda, Asadullo Ibrohimov hech qanaqa islomiy partiya yoki harakatga a‘zo emasligini ham qo‘shimcha qildi.

Tojikiston Islom Uyg‘onish partiyasi rais o‘rinbosari, parlament deputati Sayidumar Husayniy bu ruhoniylarni obro‘sizlantirish yo‘lidagi fitna bo‘lishi mumkinligini ham e‘tibordan soqit qilmaydi.

- Biz ko‘plab mullalar hukumat va xavfsizlik idoralari nazorati ostida ekaniga guvoh bo‘lib turibmiz. Bu odamlar o‘shalarning ko‘rsatmasi bilan masjid va minbarlarning egasiga aylanib olayaptilar, shuning uchun ular Xudo va payg‘ambar irodasiga emas, hukmdorlar va maxsus xizmatlar buyruqlariga itoat qilayaptilar, - deydi Sayidumar Husayniy.

Tojikiston parlamentining boshqa deputati Saodat Amirshoyeva esa Asadullo Ibrohimovga o‘xshagan “mulla”lar muqaddas Islom diniga ham, mamlakatga ham isnod keltirayotganini aytgan edi.
XS
SM
MD
LG