Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:18

AQSh razvedkasi 35ta davlat rahbarlari telefonlarini kuzatib kelgan


AQSh razvedkasiga oid sizdirilgan yangi ma‘lumotlarga ko‘ra, AQSh dunyo bo‘ylab 35ta davlat rahbarlarining telefon muloqotlarini kuzatib borgan.

Britaniyaning “Guardian” gazetasida chop etilgan hisobot AQSh razvedkasining sobiq xodimi Edvard Snouden tarafidan sizdirilgan 2006 yilga oid mahfiy hujjatga asoslanib tayyorlangan.

Hisobotda AQShning Milliy xavfsizlik angetligi aynan qaysi davlat rahbarlari qo‘ng‘iroqlarini kuzatib borgani haqida aytilmagan.

Biroq agentlik 35 davlat rahbarlariga tegishli 200dan ortiq telefonlarni kuzatgani va telefon raqamlari Oq Uy, Mudofaa vazirligi va Davlat departamenti tarafidan taqdim etilgani haqida aytiladi.

Ayni damda Germaniyada kantsler Angela Merkel telefon muloqotlari AQSh razvedkasi tarafidan kuzatib borilgani keskin tanqid qilinmoqda.

Payshanba kuni Oq Uy Merkelning telefon muloqotlari kuzatilganini inkor etmadi, biroq kelajakda bu amaliyot qaytalanmasligini bildirdi.
XS
SM
MD
LG