Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:37

Paxtazorda saboqdoshlarini chavaqlagan qashqadaryolik talaba uzoq muddatga qamaldi


24 oktabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudi tomonidan Qarshi Davlat universiteti tarix fakulteti milliy g‘oya yo‘nalishi bo‘limining 2-kurs talabasi, 23 yoshli Akrom O‘rolov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qotillik) 2-qismi bilan 10 yilu 7 oyga ozodlikdan mahrum qilindi.

Bu haqda Qarshi oliygohlaridan ishlovchi ismi oshkor qilinmasligini so‘ragan xodim ma‘lum qildi.

Qashqadaryo viloyat prokuraturasi vakili Ozodlik bilan mikrofonsiz suhbatda O‘rolov ishi sudda ko‘rilganini tasdiqladi.

Jinoyat ishi materiallariga ko‘ra, Akrom O‘rolov shu yilning 16 sentabrida Qashqadaryo viloyati Nishon tumani Oq oltin jamoa xo‘jaligi dalalaridagi paxta terimi davrida 4 nafar saboqdoshi, fakultetning 4 kurs talabalari - 1990 yilda tug‘ilgan Kozim Omonov, 1990 yilda tug‘ilgan Samandar Nurmatov, 1988 yilda tug‘ilgan Zafar To‘xtayev hamda 1989 yilda tug‘ilgan Vohid Qodirovlarni pichoqlagan.

Bu talabalardan Kozim Omonov voqea joyida, Samandar Nurmatov esa Respublika Tez Tibbiy Yordam Markazi Qarshi filialining reanimatsiya bo‘limida jon taslim qilgan.

Talabalar o‘rtasida chiqqan mojaroga fakultet dekanati tarafidan yuqori kurs talabalarning boshlang‘ich kurslar ustidan nazoratchi qilib tayinlangani va o‘z navbatida, kattalar ularni urgani, ko‘proq paxta terishga majburlagani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Chiroqchi tumanida istiqomat qilgan sudlanuvchi Akrom O‘rolovning yaqinlari sud majlislari harbiy dala sudlariga xos tezkorlik bilan o‘tkazilgani va hukmning adolatsiz bo‘lganini ta‘kidlashmoqda.
XS
SM
MD
LG