Линклар

O'zbekistonning futbol bo'yicha o'smirlar terma jamaosi Birlashgan Arab Amirliklarida o'tayotgan o'smirlar jahon chempionatining nimchorak finali bosqichida Gonduras o'smirlariga mag'lub bo'lishdi.

Sharja shahrida o'tgan o'yin 0:1 hisobida markaziy amerikalik futbolchilar foydasiga yakunlandi. O'yindagi yagona golga zahiradan maydonga tushgan Xorxe Bodden 74-daqiqada mualliflik qildi.

Qayd etish joiz, O'zbekiston o'smirlar jamoasi uchrashuvning 24-daqiqasidan boshlab maydonda bir o'yinchisiz harakat qildi. Bunga yarim himoyachi Akramjon Komilovning ikkinchi sariq kartochka olgani sabab bo'ldi.

Shunga qaramay murabbiy Dilshod Nuraliyev shogirdlari o'yin davomida bir nechta hujumlar uyushtirishdi, biroq raqib darvozasini ishg'ol eta olishmadi.



Nuraliyev o'yindan so'ng uyushtirilgan matbuot anjumanida uchrashuvni boshqargan chexiyalik hakam Pavel Kralovetsning keskin qarorlarini tandiqda oldi.

- Guruh bosqichidagi 3 ta o‘yinda atigi ikkita sariq kartochka olgan edik. Bugungi o‘yinda esa jami 5ta. Bu juda ko‘p. Menimcha bunday yosh toifasidagi turnirda futbolchilarga sariq kartochka ko‘rsatmasdan, tushuntirish ishlari olib borilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi - dedi Nuraliyev.

O‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatining nimchorak finalida o‘z yurishini to‘xtatgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ertaga, 30 oktabr kuni Toshkentga uchib keladi.

Gonduraslik yoshlar esa 1 noyabr kuni o'tadigan chorak finalida shvetsiyalik tengqurlari bilan bellashadi.
XS
SM
MD
LG