Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:51

O‘zbek og‘ir atletikachisi ilk bor jahon chempioni bo‘ldi


Ruslan Nuriddinov 22 yoshida jahon chempioni bo‘ldi.
Ruslan Nuriddinov 22 yoshida jahon chempioni bo‘ldi.

Polshada o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida qatnashgan o‘zbekistonlik 8 sportchidan biri Ruslan Nuriddinov o‘z raqiblarini 21 kiloga ortda qoldirib, 105 kilogacha vazn toifasida jahon chempioni bo‘ldi. Ruslan sportning mazkur turi bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan o‘zbekistonlik ilk sportchidir.

O‘zbekistonlik sportchi Ruslan Nuriddinov o‘zbek sportchilari orasida birinchi marta og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi.

Bungacha Osiyo chempioni bo‘lgan Ruslan Nuriddinov Polshaning Vrotslav shahrida o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida 105 kilo vazn toifasigacha bo‘lgan sportchilar orasida siltab ko‘tarishda 190 kilo, dast ko‘tarishda 235 kilo shtangani ko‘tarib uchta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Ruslan Nuriddinovning musobaqadagi chiqishi quyidagi videoda:


Umumiy ko‘rsatkichda o‘zbek paxlavoni 425 kiloli shtangani ko‘tarib, o‘z raqiblari - ikkinchi o‘rinni olgan David Bedjanyandan 20 kilo, uchinchi o‘rinni olgan Bartolomey Voytsex Bonkadan 21 kilo ko‘p natija ko‘rsatdi.

Ruslan sharafiga O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarilib, O‘zbekiston gimni ijro etildi.

Ruslan Nuriddinov 1991 yilning 24 noyabrida Andijon viloyatida tug‘ilgan. U o‘zining birinchi oltin medalini Birlashgan Arab Amirliklarida 2009 yilda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida qo‘lga kiritgan edi.

2011 yilda u Frantsiyada o‘tkazilgan jahon chempionatida kumush medal olgan.

2012 yilda Janubiy Koreyada o‘tkazilgan musobaqada Osiyo chempioni unvoniniga ega bo‘lib, London Olimpiadasida jahonning eng kuchli og‘ir atletikachilar to‘rtligidan joy olgan.

77 kilo vazn toifasigacha bo‘lgan shtangachilar orasida o‘zbekistonlik Ulug‘bek Alimov kumush va bronza medallarga sazovor bo‘ldi. U zarb bilan shtanga ko‘tarishda 199 kiloni ko‘tarib kumush medalni qo‘lga kiritdi, umumiy ko‘rsatkichda 355 kilo shtangani ko‘targani uchun bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Ulug‘bek Alimovning musobaqadagi chiqishi quyidagi videoda:

Jahon chempionatida O‘zbekistondan 8 ta og‘ir atletikachi ishtirok etdi. Ulardan to‘rt nafari-Marina Sisoyeva, Ruslan Makarov, Mahliyo Tog‘ayeva va Manzuraxon Mamasoliyeva jahonning eng kuchli shtangachilari o‘nligidan joy oldi.
Komanda hisobida o‘zbekistonlik shtangachilar Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreyadan keyingi to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
XS
SM
MD
LG