Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:28

FIFA "Oltin to'p"ga da'vogar bo'lgan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi


So'nggi to'rt yil davomida yilning eng yaxshi o'yinchisiga beriladigan "Oltin to'p" sovriniga "Barselona" hujumchisi Lionel Messi egalik qilib kelmoqda.
So'nggi to'rt yil davomida yilning eng yaxshi o'yinchisiga beriladigan "Oltin to'p" sovriniga "Barselona" hujumchisi Lionel Messi egalik qilib kelmoqda.
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) o'z vebsaytida 2013 yilgi "Oltin to'p" sovrini uchun da'vogar bo'lgan 23 nafar futbolchi ro'yxatini e'lon qildi.

Yilning eng yaxshi o'yinchisi unvoni uchun da'vogar futbolchilar ro'yxatida Chempionlar ligasining amaldagi chempioni Myunxenning "Bavariya" klubidan olti o'yinchi, Ispaniyaning "Barselona" klubidan to'rt o'yinchi, Fransiyaning "PSJ" klubidan uch o'yinchi o'rin olgan.

"Oltin to'p" sovrindori milliy terma jamoalar bosh murabbiylari va sardorlari hamda sport dunyosini yorituvchi ommaviy axborot vositalari vakillari orasida o'tkaziladigan so'rov natijasida aniqlanadi.

So'rovning birinchi bosqichi natijalari dekabr oyi boshida ochiqlanadi va "Oltin to'p" uchun da'vogarlar ro'yxati uchta futbolchigacha qisqartiriladi. G'olib esa 2014 yilning 12 yanvarida e'lon qilinadi.

Eslatamiz, so'nggi to'rt yil davomida yilning eng yaxshi o'yinchisiga beriladigan ushbu sovringa "Barselona" hujumchisi Lionel Messi egalik qilib kelmoqda.

"Oltin to'p" sovrini uchun da'vogar bo'lgan futbolchilarning to'liq ro'yxati:

Krishtianu Ronaldu, Garet Beyl (ikkalasi – “Real”), Zlatan Ibrohimovich, Edinson Kavani, Tiago Silva (barchasi– “PSJ”), Radamel Falkao (“Monako”), Eden Azar (“Chelsi), Andres Inyesta, Xavi, Lionel Messi, Neymar (barchasi– “Barselona”), Manuel Noyer, Filipp Lam, Tomas Myuller, Frank Riberi, Bastian Shvaynshtayger, Aryen Robben (barchasi – “Bavariya”), Robert Levandovski (“Borussiya” Dortmund), Mesut O‘zil (“Real”/“Arsenal), Andrea Pirlo (“Yuventus”), Luis Suares (“Liverpul”), Yaya Ture (“Manchester Siti”). Robin van Persi (“Manchester Yunayted”).
XS
SM
MD
LG