Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:56

LG shirkati ham bukilgan displeyli smartfon taqdim etdi


Samsung shirkati ortidan LG kompaniyasi ham bukilgan displeyli smartfonni taqdim etdi.

G Flex nomini olgan smartfonning ekrani, bundan uch hafta oldin Samsung taqdim etgan Galaxy Round apparatidan farqli o'laroq, gorizontal o'qi bo'ylab egilgan.

LG shirkatiga ko'ra, smartfonning egilgan shakli inson yuzining konturini qaytalashi uchun foydalanishda juda qulaydir.

G Flex smartfoni 6 dyuymli OLED ekraniga ega bo'lib, to'rt yadrolik Snapdragon 800 protsessori va ikki gigabaytlik operativ xotiraga ega bo'ladi.

Android 4.2.2. tizimi asosida ishlovchi apparatda 13 megapiksellik kamera o'rnatilgan.

Apparatning o'zgacha sifatlaridan biri uning orqa panelidadir. Ishlab chiqaruvchiga ko'ra, G Flex'ning orqa paneli maxsus yumshoq material bilan qoplangan bo'lib, u smartfon korpusini tirnalishdan saqlab turadi.

G Flex'ning ilk partiyasi noyabr oyida Janubiy Koreyada sotuvga chiqariladi. Apparatning O'zbekiston bozoriga qachon kelishi haqida aniq ma'lumot yo'q.

Eslatamiz, displeyi bukilgan ilk smartfon - Galaxy Round - oktabr oyi boshida Smasung shirkati tarafidan taqdim etilgan va Janubiy Koreyaning ichki bozoriga mo'ljallangani aytilgan edi.
XS
SM
MD
LG