Линклар

"Forbs” jurnali o‘zining bu yilgi reytingida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni dunyoning eng qudratli odami deb e‘lon qildi.

Mazkur ro‘yhatda ustunlikni hech kimga bermay kelayotgan AQSh prezidenti Barak Obama bu yilgi reytingda ikkinchi o‘ringa tushdi.

Jurnalning yozishicha, o‘tgan davr ichida prezident Putin Rossiya ustidan nazoratini mustahkamlay olgan. Putinning xalqaro maydonda ta‘siri ancha kuchaygan.Obama esa Kongressdagi byudjet inqirozi fonida zaifroq ko‘rinadi.

"Forbs” jurnali ro‘yxatiga hammasi bo‘lib 72 davlat rahbarining nomi kiritilgan.

Ro‘yxatda Xitoy rahbari Si Tszinpin uchinchi o‘ringa tushib qolgan. Jurnal reytingida Rim Papasi Frantsisk to‘rtinchi, Germaniya kantsleri Angela Merkel beshinchi o‘rinda.
XS
SM
MD
LG