Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:07

O‘zbekiston farovonlik bo‘yicha 142 mamlakat orasida 63-o‘rinda


Britaniyadagi Legatum tahlil markazi farovonlik reytingini e‘lon qildi. Dunyo davlatlaridagi farovonlik darajasi reytingi bo‘yicha O‘zbekiston 142 mamlakat orasida 63-o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston Legatum markazi tuzgan o‘tgan yilgi reytingga qaraganda bu yil bir pog‘ona ko‘tarildi. So‘nggi ikki yil davomida O‘zbekiston reytingda 64-o‘rinni egallab kelayotgan edi.

Undan oldingi yillarda esa O‘zbekiston bu indeksda davomli pastlab kelgan.

Farovonlik bo‘yicha dunyoda Skandinaviya mamlakatlari yetakchilik qilmoqda.

Jumladan, birinchi o‘ntalikdan Norvegiya, Daniya, Shvetsiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Kanada, Finlyandiya, Xollandiya, Shveytsariya va Irlandiya joy olgan.

MDH mamlakatlari orasida Qozog‘iston mazkur reytingda 47-o‘rinda, Belarus 58-o‘rinda, Rossiya 61-o‘rinda, Ukraina 64-o‘rinda, Qirg‘iziston-80 o‘rinda, Tojikiston esa 94-o‘rinda.

Pokiston va Afg‘oniston reytingda eng oxirgi o‘rinlarni egallagan.

Legatum har yili 8 xil omil asosida dunyo mamlakatlarining farovon hayot darajasi indeksini e‘lon qilib boradi.

Ushbu omillarga iqtisodiy barqarorlik, ishbilarmonlik muhiti, boshqaruv samaradorligi, ta‘lim tizimi, salomatlik darajasi, xavfsizlik va qonun ustuvorligi, inson huquqlari erkinligi va ijtimoiy kapital kiradi.
XS
SM
MD
LG