Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:35

Ruslan Nuriddinovga "O‘zbekiston iftixori" unvoni berildi


Polshada o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida mazkur sport turi bo‘yicha o‘zbekistonlik sportchilar orasida ilk marta jahon chempioni bo‘lgan Ruslan Nuriddinovga “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni berildi.

Bu boradagi farmonni O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov 30 oktyabrda imzolagan. Farmonga binoan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida kumush va bronza medaliga ega bo‘lgan Ulug‘bek Alimov “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi” unvoniga sazovor bo‘ldi.

Ruslan Nuriddinov 27 oktabrda Polshada o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida 105 kilogacha bo‘lgan vazn toifasida jahon rekordsmeni, rossiyalik og‘ir atletikachi David Bedjanyanni 20 kiloga ortda qoldirib, uchta oltin medalni qo‘lga kiritgan edi. Ammo Nuriddinov Bedjanyanning rekordini yangilay olmadi.

Ruslan Nuriddinov O‘zbekiston tarixida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan eng birinchi sportchidir.

XS
SM
MD
LG