Линклар

logo-print
Rossiya Premyer-ligasining "Anji" futbol klubida faoliyat yurituvchi o'zbekistonlik futbolchi Odil Ahmedov bir yilda 1,5 million yevro maosh oladi.

Bu haqda Rossiya chempionatining eng katta haq oluvchi futbolchilari ro'yxatini tuzgan Sports.ru nashri xabar berdi.

Nashrga ko'ra, futbolchilarning bir yillik maoshi va bonuslari aks etgan raqamlar klub menejerlari, murabbiylar, agentlar, Rossiya futbol ittifoqi xodimlari hamda futbolchilarning o'zlaridan olingan ma'lumot asosida tayyorlangan.

O'zbekiston terma jamoasi a'zosi, Maxachqal'aning "Anji" futbol klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov 1,5 million yervrolik yillik maosh bilan 90 kishilik ro'yxatning 65-pog'onasini egallagan.

"Anji"dagi o'zgarishlar


Joriy yilning yoz oylarida "Anji" egasi Sulaymon Kerimov klubda qator islohotlar o'tkazmoqchi ekani, jumladan, jamoaning yetakchi o'yinchilarini sotishini bildirgan edi.

Eto'O, Villian, Denisov, Jirkov kabi futbolchilarni sotib yuborgan "Anji" ayni damda 14 uchrashuvda 6 ochko qozongan holda Premyer-liganing eng quyi pog'onasida bormoqda. 2012/2013 yilgi mavsumda esa maxachqal'alik jamoa Rossiya chempionatining bronzasiga sazovor bo'lgan edi.

Eslatamiz, Rossiya matbuotida paydo bo'lgan xabarlarga ko'ra, Premyer-liganing yetakchi klublari bo'lmish "Zenit" va "SSKA" futbol klublari Odil Ahmedovni qishki transfer oynsotib olishga qiziqish bildirmoqda.

Futbolchilar transfer narxini aniqlash bo'yicha ixtisoslashgan Transfermarkt.de saytiga ko'ra, Odil Ahmedovning transfer bahosi ayni damda 6 million yevroga teng.

Ahmedov va "Anji"


Odil Ahmedov "Anji" safiga 2011 yili "Paxtakor"dan ijara asosida kelib qo'shilgan edi. Ijara muddati yakunlanganidan so'ng dog'istonlik jamoa Ahmedovni to'liq sotib olishga qaror qilgan.

2011 yil natijalariga ko'ra o'zbekistonlik futbolchi "Anji"ning eng yaxshi o'yinchisi, deb e'lon qilgan edi.

25 yoshli Odil Ahmedovning Dog'iston klubi bilan amaldagi shartnomasi 2015 yil yozigachga mo'ljallangan.

Professional keryerasini 2006 yili Toshkentining "Paxtakor" futbol klubida boshlagan Ahmedov 2007 yildan beri O'zbekiston milliy terma jamoasi sha'nini himoya qilib keladi.

Futbolchi milliy terma jamoa safida 52 ta o'yin o'tkazib, ularda 8ta gol urgan.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG