Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 09:48

Gulnora Karimova: "Terra Group"ga qarshi ayblovlar "to‘qib chiqarilgan"


Gulnora Karimovaga nisbatan bosim kuchayayotgani kuzatimoqda.
Gulnora Karimovaga nisbatan bosim kuchayayotgani kuzatimoqda.
Gulnora Karimova o‘ziga qarashli "Terra Group" shirkati tergov qilinayotganini tasdiqladi. Ayni paytda u nazorat qiladigan restoranu kafelardan tortib siyosiy tadqiqotlar markazi faoliyati to‘xtatilgani aytilmoqda. Keyingi haftalarda O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari Gulnora Karimovaga qarshi bosimni kuchaytirgani kuzatilmoqda.

Ozodlik manbalarining ma‘lum qilishlaricha, tergov idoralarining Gulnora Karimovaga aloqadorligi aytiladigan tashkilotlar faoliyatiga qiziqishi ortib bormoqda.

Payshanba kuni Gulnora Karimovaning o‘zi Twitter sahifasi orqali "Terra Group" shirkatiga qarshi ayblovlar ilgari surilganini tasdiqladi.

"Terra-ga 2009 yilda audit va soliq tomonidan tasdiqlatilgan qog‘oz bo‘yicha muassislarga soliq to‘lamaganlik to‘g‘risida "so‘rib chiqarilgan" ayblovlarni yopishtirishmoqchi", deb yozdi prezidentning qizi.


Shu kungi yana bir tvitida Gulnora Karimova o‘ziga qarashli tele va radiokanallar yopilishi sabablarini izohladi.


"TV/radio eshittirishlari "mamlakatning barcha mafkuravviy negizlarini buzganlik" formulirovkasi bilan litsenziya bekor qilinishi bois to‘xtatildi", deyiladi tvitlardan birida.

Hafta boshida O‘zbekiston huquq-tartibot organlari Gulnora Karimovaga tegishli "Terra group" shirkatining moliyaviy faoliyatini tekshira boshlagani haqida xabar paydo bo‘ldi. Ozodlikning tergov idoralaridagi manbalari “Terra Group” shirkatining "Infinbank" bankidagi hisob raqamlari muzlatib qo‘yilganini tasdiqladi.

Aytilishicha, "Terra Group" shirkatiga mazkur bankda ko‘plab hisob raqamlari rasmiylashtirilgan va ularda o‘ta yirik miqdorda pul mablag‘lari aylangan.

"Hisob raqamlari o‘ndan ortiq va ularda umumiy aylanma shunchalik kattaki, bank mutaxassislari bunga oid tafsilotlar haqidagi hisobotni hali ham tergovchiga tayyorlab bera olgani yo‘q", dedi tergov ishlaridan xabador manba seshanba kuni Ozodlik bilan o‘zaro suhbatda.

O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga aloqador tashkilotlar o‘tgan hafta kutilmaganda birin-ketin tekshirila boshladi, ba‘zilari yopildi.

Xususan, Gulnora Karimova nazorat qilishi aytilgan to‘rtta telekanal va uchta radiostantsiyaning efirdan olib tashlanishi uning manfaatlariga qarshi zarba, deya baholandi.

Ayni paytda payshanba kuni, Ozodlik manbalaridan birining ma‘lum qilishicha, “Gulnoraga tegishli klub va restoranlar xodimlari tekshiruv va maskalilar bosishidan ogohlantirlmoqda. Ularga tekshiruvchilarga nima deyish to‘g‘risida ko‘rsatma berilgan”.

Toshkentdan olingan xabarlarga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari tekshiruvi tahlikasi bo‘lgani sababli prezidentning to‘ng‘ich qiziga qarashli ekani ishoniladigan ko‘ngilochar muassasalarning ko‘pchiligi eshiklariga qulf osilgan. Xususan, Toshkentda juda ommabop bo‘lgan City Makon ko‘ngilochar markazida faoliyat yuritib kelgan umumiy ovqatlanish punktlarining barchasi bir necha kundan beri ishlamayotir. “Hong Kong”, “Choyxona” restoranlari hamda bir nechta do‘kon bir haftadan beri ishlamayapti. Hozir faqat kinozallar ochiq xolos”, deydi suhbatdoshimiz.

City Makon ko‘ngilochar markazida Gulnora Karimovaning o‘g‘li Islomga qarashli ekani aytiladigan “Terminal” tungi klubi ham joylashgan.

Shuningdek, boshqa manbadan olingan xabarga ko‘ra, Gulnora Karimova direktor hisoblangan Toshkentdagi Siyosiy tadqiqotlar markazi faoliyati ham tergov organlari tomonidan tekshirilmoqda.

“Gulnora yetakchilik qilgan Siyosiy tadqiqotlar markazini ham prezidentning buyrug‘iga ko‘ra bosishdi”, deb yozdi manbalarimizdan biri.

Bu xabarni mustaqil boshqa mustaqil manbadan tasdiqlatishning iloji bo‘lmadi, lekin tashkilot telefonlari shu kunlarda javob bermayapti. Tashkilotga doir bir necha kundan beri ishlamagan sayt payshanba kuni ochildi, lekin yangilangani yo‘q.

Bundan tashqari Gulnora Karimovaning o‘zi Twitter va Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlarida yozayotgan xabarlarda unga nisbatan bosim kuchayganini sezish mumkin.

Payshaba kuni Gulnora Karimovaning Twitter sahifasida yangi qiziqarli yozuvlar paydo bo‘ldi.

Ulardan birida prezident qizi O‘zbekiston maxsus xizmatlari rahbari “uning xalq orasidagi shuhratidan qo‘rqayotganlikda” ayblanadi.


"Agar maxsus xizmatlardagi birinchi shaxs (O‘zbekiston MXXsi raisi Rustam Inoyatov nazarda tutilmoqda-tahr.) uning xalqaro orasidagi shuhratiga xursand bo‘lish o‘ringa, qo‘rqayotgan bo‘lsa, demak O‘ZINING shaxsiy ambitsiya va rejalar bor", deb yozdi Gulnora Karimova.
XS
SM
MD
LG