Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:30

TeliaSonera Gulnora Karimova tadbirlariga homiylik qilishni to‘xtatdi


Ucell uyali aloqa operatorining Gulnora Karimova tadbirlariga boshqa homiylik qilmaslik haqidagi qarori prezidentning to‘ng‘ich qizi “boshida qora bulutlar aylana boshlagan” bir paytda olindi.
Ucell uyali aloqa operatorining Gulnora Karimova tadbirlariga boshqa homiylik qilmaslik haqidagi qarori prezidentning to‘ng‘ich qizi “boshida qora bulutlar aylana boshlagan” bir paytda olindi.
Teliasonera uyali aloqa shirkati O‘zbekistonda prezidentning qizi Gulnora Karimova tarafidan o‘tkaziladigan tadbirlarga homiylik qilishni to‘xtatgan. Bu haqda Ozodlikka shirkatga yaqin manbalar ma‘lum qilishdi.

Teliasonera shirkatining O‘zbekistondagi brendi sanalgan Ucell uyali aloqa operatori Karimova tadbirlariga homiylik qilmaslik haqida qaror olgan.

Ucell vakillaridan hozircha bu borada izoh bo‘lmadi.

Eslatamiz, o‘tgan oy ushbu shirkat dunyoga mashhur dirijyor va musiqachi Yuriy Bashmetning Style.uz San‘at haftaligi doirasida Toshkentda o‘tkazilgan kontsertiga homiylik qilganini tan olgandi.

Toshkentdagi Ucell shirkatining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Umida Ziyomova o‘shanda: "Biz dunyoga mashhur, birinchi bo‘lib alьtning solo cholg‘u asbobi sifatidagi imkonlarini isbotlab bergan musiqachining kontsertiga bosh homiy bo‘lganimizdan xursandmiz. Qolaversa, Style.uz haftaligi ochilishida ishtirok etgan holda, O‘zbekistonda madaniyat va san‘at rivojiga o‘z hissamizni qo‘shayotganimizdan mamnunmiz", deb bildirgan edi.

Ucell uyali aloqa operatorining Gulnora Karimova tadbirlariga boshqa homiylik qilmaslik haqidagi qarori prezidentning to‘ng‘ich qizi “boshida qora bulutlar aylana boshlagan” bir paytda olindi.

Karimova xonim raislik qiladigan “O‘zbekiston madaniyati va san‘ati forumi” jamg‘armasida O‘zbekiston Prokuraturasi va O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi kompleks tekshiruvlarni o‘tkazmoqda.

Gulnora Karimovaga tegishli bir qancha tele va radiokanallar faoliyati shu kunlarda to‘xtatib qo‘yilgan.

Teliasonera shirkati Gulnora Karimovaning Fond Forum jamg‘armasi o‘tkazadigan tadbirlariga millionlab dollar mablag‘ ajratgani o‘tgan yili shved matbuoti nazariga tushgan edi.

Shvetsiya jamoatchilik televideniyesi va Ozodlik qo‘lga kiritgan, Gulnora Karimovaning dastxati, deb ishonilgan hujjatlarda Teliasonera shirkatiga ko‘p million dollarlik haq evaziga muhofaza taklif qilingani va bu shirkatdan Karimovaning xayriya tadbirlariga homiylik talab qilingani ayon bo‘lgandi.

Shvetsiya jamoatchilik televideniyesi va Ozodlik qo‘lga kiritgan mazkur hujjatlarga ko‘ra, shved shirkatidan har yili uch marta “Kelajak ovozi”, “Style.uz”, “Asrlar sadosi” tadbirlariga homiylik qilish talab qilinadi.

Homiylik turlaridan biri sifatida bu tadbirlarga birorta yulduzni olib kelish aytiladi.

Gulnora Karimova Tvitterdagi sahifasida shved jurnalistlari taqdim etgan hujjatlarni soxta, deb atagan edi.
XS
SM
MD
LG