Линклар

logo-print
O'zbekistonlik taniqli futbolchi Odil Ahmedov to'p surayotgan Maxachqal'aning "Anji" futbol klubi Premyer-liga birinchi davrasini mutlaqo g'alabasiz o'tkazib, Rossiya chempionatining anti-rekordini yangiladi.

3 noyabr kuni o'tgan 15-tur uchrashuvida "Anji" jamoasi o'z maydonida "Ural" jamoasiga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Uchrashuvdagi yagona gol o'yinning asosiy vaqtiga qo'shib berilgan daqiqalarda kiritildi.

Shunday qilib, o'tgan yili Premyer-liganing bronzasiga egalik qilgan "Anji" joriy mavsumning birinchi davrasini mutlaqo g'alabasiz yakunladi.

Ayni damda Odil Ahmedov jamoasi 15 o'yinda atigi 6 ochko to'plagan holda Rossiya chempionatining eng quyisida bormoqda.

Joriy yilning yoz oylarida "Anji" klubi egasi, Rossiyaning eng boy insonlaridan biri Sulaymon Kerimov klubda qator islohotlar o'tkazmoqchi ekani, jumladan, jamoaning yetakchi o'yinchilarini sotishini bildirgan edi.

Eto'O, Villian, Denisov, Jirkov kabi futbolchilarning boshqa klublarga sotilishi "Anji" jamoasining o'yiniga o'z tasirini o'tkazmay qo'ymadi.

2012/2013 yilgi mavsumda maxachqal'alik jamoa Rossiya chempionatining bronzasiga sazovor bo'lgan edi.

Eslatamiz, Rossiya matbuotida paydo bo'lgan xabarlarga ko'ra, Premyer-liganing yetakchi klublari bo'lmish "Zenit" va "SSKA" futbol klublari Odil Ahmedovni qishki transfer oynasida sotib olishga qiziqish bildirmoqda.

Futbolchilar transfer narxini aniqlash bo'yicha ixtisoslashgan Transfermarkt.de saytiga ko'ra, Odil Ahmedovning transfer bahosi ayni damda 6 million yevroga teng.
XS
SM
MD
LG