Линклар

logo-print
O'zbekistonlik reper Shohruhning Twitter mikrobloglar xizmatidagi sahifasiga rasmiy status berildi. Bu haqda reperning o'zi mikroblogida xabar berdi.

Ayni damda reperning 6 mingga yaqin obunachilarga ega mikroblogiga "tasdiqlangan akkaunt" (Verified accaunt) belgisi qo'yilgan.

"Twitter menga sovg'a taqdim etdi, "Verified" yulduz belgisini kutib oling", - deb yozdi o'zbekistonlik reper 4 noyabr kuni o'zining Twitter sahifasida.

O'zbekistonning sanoqli repchilaridan biri bo'lgan Shohruh o'zbek estradasiga 2003-2004 yillarda kirib kelgan. Shohruh "Balandda" deb nomlagangan ilk albomini 2005 yili taqdim etgan edi.

Repper o'zining qator qo'shiqlari, jumladan, "Layli va Majnun", "Xayr bevafo", "Balandda", "Bolalagim", "Robbana", "Xato", "Etaji", "Mard bo‘l" nomli qo‘shiqlari xalq oraqisda mashhurdir.

Qayd etish joiz, Shohruh Twitter mikrobloglar xizmatida "tasdiqlangan" sahifaga ega bo'lgan ikkinchi o'zbekistonlik bo'ldi. Birinchi bo'lib Googooshaga (Gulnora Karimovaning ijodiy tahallusi) tegishli mikroblog "verified" belgigisiga ega bo'lgan edi.

Twitterdagi "Verified" belgisi mashhur insonlar va katta tashkilotlarga tegishli haqiqiy mikrobloglarni topishni osonlashtirish uchun joriy etilgan.

Hozircha Twitterda sahifasiga O'zbekistondagi tashkilotlardan faqat Ucell mobil aloqa operatorining mikroblogi "Verified" belgisiga ega.
XS
SM
MD
LG