Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:47

Tojikistonda YouTube va mashxur nohukumat saytiga to‘siq qo‘ydi


Youtube
Youtube
Tojikistonda prezident saylovi o‘tkazilishi arafasida ayrim Internet provayderlari YouTube portali va mashxur nohukumat saytiga to‘siq qo‘ydi.

Tojikiston hukumatiga yaqin manbaning seshanba kuni Ozodlikka aytishicha YouTube va Ozodagon sayti Davlat kommunikatsiya xizmati buyrug‘i asosida blok qilingan.

Tojikistonda 6 noyabr kuni o‘tkaziladigan saylovda olti nomzod, jumladan, iqtidordagi davlat rahbari Imomali Rahmon prezidentlikka da‘vogarlik qilmoqda.

O‘tgan hafta Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Dushanbedagi missiyasi davlatga qarashli axborot vositalarini e‘tiborni faqat Imomali Rahmonga qaratayotgani uchun tanqid qilgan edi.

Oktabr oyida Hyuman Rayts Uotch tashkiloti Tojikiston hukumatini muxolifatning prezidentlikka mushtarak nomzodi Oynixol Bobonazarovaning ro‘yxatga olinishiga to‘sqinlik qilganlikda ayblagan.

Tojikiston hukumat bundan avval ham axborot agentliklari veb-saytlarini, muholifatga tegishli veb-sahifalarni hamda YouTube va Facebook kabi tarmoqlarga ham blok qo'yib kelgan.
XS
SM
MD
LG