Линклар

Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrida hijob kiygan ayollar velomarshi bo'lib o'tdi.

500ga yaqin musulmon ayol qatnashgani aytilayotgan tadbir 5 noyabr kuni Qirg'iziston Musulmonlar diniy boshqarmaligining ayollar qo'mitasi tarafidan uyushtirildi.

Tadbir Bishkek shahri ma'muriyati bilan oldindan kelishilmagani tufayli velomarsh odatdagidek avtomobil yo'lidan emas, balki piyodalar yo'lakchalaridan o'tdi.

Velosipedlar soni ozligidan tadbir qatnashchilarining asosiy qismi piyoda yurgani aytilmoqda.

Tashkilotchilar velomarsh orqali ayollar orasida ko'p uchraydigan kam qonlik xastaligiga bo'lgan e'tiborni oshirish hamga ayollar o'rtasida sportga bo'lgan qiziqishni kuchaytirishni maqsad qilishgan.



XS
SM
MD
LG