Линклар

Toshkentlik 33 yashar rassom Jamshid Odilov poytaxtdagi Art&Fact galereyasida “Basharalar” deb nomlangan turkum portretlarni namoyish qilmoqda. Rassomning grotesk-ironiya uslubida yaratgan asarlari, munaqqidlar fikricha¸ mamlakatdagi ruhiy muhitning tasviri bo‘lib qolmoqda.

Ko‘rgazma tashkilotchisi¸ Art&Fact galereyasi art-direktori Liliya Sundukovaning Ozodlikkka aytishicha¸ Jamshid Odilov ko‘rgazmasi tomoshabinlarning olqishi va taajjubiga sabab bo‘lgan.

- Toshkent bozorlarida ko‘zga tashlanadigan turli qiyofalar rassomning sarkastik nazari orqali matoga muhrlanganini ko‘ramiz. Ko‘rgazmada namoyish qilinayotgan rasmlarni maqtaganlar ham, bu rasmlarni yomonlaganlar ham bo‘ldi. Eng muhimi befarq bo‘lishmadi¸ - deydi suhbatdosh.

Jamshid Odilov asarlaridan tarkib topgan ko‘rgazmada taniqli "Fomalьgaut" musiqiy guruhi sozandalarining soz chalib qo‘shiq aytgani¸ rangtasvir va musiqa uyg‘unligini ta‘minlovchi omil bo‘ldi¸ deb hisoblaydi Art&Fact rahbari Liliya Sundukova.

Ko‘rgazmaga kelgan tomoshabinlarning taajjubiga sabab bo‘lgan rassom Jamshid Odilov Ozodlik bilan suhbatda tabiatan qo‘rqinchli narsalarni tasvirlashni sevaman, deb gap boshladi.

- Ujastik narsalar chizishni sevaman. Lekin o‘zim unaqa qo‘rqinchli emasman. Men rasm chizishni o‘rgangan mahallar taniqli rassom Yanis Salpinkidi bilan uchrashdim. Bu ustoz menga borliqni o‘zgacha tasvirlashdan saboq berdi¸ - deydi rassom Jamshid Odilov.

Jamshid Odilov chizgan rasm

Jamshid Odilov chizgan rasm



Jamshid Odilovning grotesk-ironiya uslubida yaratgan asarlari, munaqqidlar fikricha¸ mamlakatdagi ruhiy muhitning tasviri bo‘lib qolmoqda.

Ko‘rgazmadan rassomning 2005 yildan boshlab chizgan asarlari o‘rin olgan.

Ko‘rgazma 15 noyabrgacha ochiq turadi.

Jamshid Odilov 1979 yilda Toshkentning Shayxontohur mahallasida tug‘ildi.

Rassom 2006 yilda Toshkentdagi Pavel Benьkov nomli rassomchilik bilim yurtini tugatgan. Shundan buyon erkin ijod bilan shug‘ullanib keladi.

Hikmat Jalilov¸ Abdusamad Saidberdiyev¸ Yanis Salpinkidi kabi rassomlar qo‘lida tahsil olgan rassom o‘zini Abdulhaq Abdullayev boshlab bergan o‘zbek portretchilik san‘atining yosh vakili, deb biladi.

XS
SM
MD
LG