Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:13

Toshkentlik o‘quvchilar yasagan "bomba" zararsizlantirildi


Toshkent Iqtisodiyot va servis kasb-hunar kolleji o‘quvchilari yasagan kichkinagina qo‘lbola "bomba" 4 noyabr kuni zararsizlantirildi. Toshkent shahri huquq-tartibot idorasida ishlaydigan Ozodlik manbasiga ko‘ra, bu voqea bo‘yicha to‘rt o‘quvchi so‘roq qilinmoqda.

4 noyabr kuni Toshkent Iqtisodiyot va servis kasb-hunar kolleji binosida ikkita qo‘lbola "bomba" zararsizlantirildi.

Ozodlikning Olmazor tumani ichki ishlar bo‘limida ishlaydigan manbasiga ko‘ra, qo‘lbola “bomba”lar kollej hududidan topilgan.

“Portlovchi qo‘lbola moslamalardan bittasi kollej binosinining tashqarisidan, ikkinchisi binoga kiraverishdagi darvozaning oldidan topilgan. Biroq portlamay qolgan. Men o‘zim ko‘rmadim, "limonka" (granata turi - Tahr.)ga o‘xshatib yasashgan ekan. Skotchga o‘ralgan ekan. Uni ekspertizaga olib ketishgan”, dedi manba.

Uning aytishicha, Qo‘lbola "bomba"ni tayyorlashda gumon qilinib kollejning 4 o‘quvchisi qo‘lga olingan va ular Olmazor tumani ichki ishlar bo‘limida so‘roq qilinmoqda.

So‘roq qilinayotganlar orasida Toshkent Qurilish kommunal kasb-hunar kollejining bir o‘quvchisi ham bor.

Portlovchi uskunalar esa ekspertizaga yuborilgan.

"Endi bu bolalar "paq-puq" qilib o‘ynamoqchi bo‘lishgan", deb qo‘shimcha qildi bu manba.

Shuningdek, manba dastlabki so‘roq paytida o‘quvchilarning o‘zi ham bu qo‘lbola portlovchi uskunani o‘ynash maqsadida yasaganini aytishgan.

Ismi sir qolishini so‘ragan kollej o‘quvchilaridan biri ham skotchga o‘ralgan ikkita portlovchi uskuna kollej hududidan topilganiga guvoh bo‘lganini aytdi.

Unga ko‘ra, bu "bomba"lar o‘zidan allaqanday tovush chiqargandan keyin atrofdagilar uni sezib qolgan.

O‘quvchining aytishicha, 5 noyabr kuni militsiya xodimlari qo‘lga olingan bolalar bilan yaqin bo‘lgan boshqa o‘quvchilarni ham kollejda so‘roqqa tutgan.

O‘zbekistonga olib kiriladigan pirotexnik vositalarga so‘nggi yillarda taqiq qo‘yilgani bois, bolalar orasida qo‘lbola "paqildoq"lar yasash hollari ko‘payib ketdi.

Bunday "paqildoq"larni yasash va porlatish oqibatida o‘quvchilar orasida tan jarohati olganlar ham bor.
XS
SM
MD
LG