Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:23

Tojikiston: Prezident saylovining dastlabki natijalari bugun e‘lon qilinadi


Tojikistonda 6 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovining dastlabki natijalari bugun e‘lon qilinishi kutilmoqda.

Markaziy saylov komissiyasi ma‘lumotiga ko‘ra, saylovchilarning 80 foizidan ko‘prog‘i ovoz berishda ishtirok etgan.

Davlat rahbari lavozimi uchun olti nomzod, shu jumladan, amaldagi prezident Imomali Rahmon kurash olib bordi.

Ekspertlar fikricha, Tojikistonni 1994 yildan buyon boshqarib kelayotgan Imomali Rahmon bu gal ham osongina g‘alaba qozonishi mumkin.

Eslatamiz, birlashgan muxolifat nomzodi Oynihol Bobonazarova “zarur bo‘lgan miqdorda saylovchilar imzosini yig‘olmaganligi uchun” saylovga qo‘yilmagan.

Ozodlik radiosining Tojik xizmati prezident saylovida qator qoidabuzarliklar kuzatilgani haqida xabar bermoqda.

Avvlarlroq xabar berilganidek, saylovlar arafasida Tojikistondagi qator internet provayderlar YouTube videoportali va bir nechta muholifat veb-saytlariga to‘siq qo‘ydi.

Tojikistondagi prezident saylovini kuzatib borgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti payshanba kuni o‘z hisobotini e‘lon qiladi.

Tashkilot hozirgacha Tojikistonda o‘tkazilgan hech bir saylovni ochiq va erkin deb tan olmagan.
XS
SM
MD
LG