Линклар

5 noyabr kuni ertalab Ukrainaning “Kupryansk” chegara punktida bojxona xodimlari va chegarachilar 35 kilogramm nosni qo‘lga tushirdi.

Ukraina Davlat chegara xizmati matbuot xizmatiga tayanib mahalliy nashrlarning xabar qilishicha, katta miqdordagi nosvoy Toshkentdan Xarkovga poyezdda kelgan 19 yashar O‘zbekiston fuqarosiga tegishli bo‘lgan.

Ismi oshkor qilinmagan o‘zbekistonlik 29 ta plastmassa butilkaga joylangan nosvoyni kupening uchinchi qavatidagi matras ichiga yashirgan. Voqea bo‘yicha ma‘muriy protokol tuzilib nos musodara qilingan.

O‘tgan yil 12 noyabr kuni “Toshkent-Xarkov” poyezdida o‘tkazilgan chegara nazorati davomida vagon provodnigi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosidan plastmassa butilkalarga solingan 42 kilogramm nos topilib musodara qilingan edi.

Provodnik narxi 26 ming grivna (3170 AQSh dollari) deb baxolangan nosvoyni Xarkovdagi o‘zbekistonlik mehnat muxojirlariga pullash uchun olib borgan.
XS
SM
MD
LG