Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:16

To‘yda kaltaklangan militsiya mayori kasalxonaga yotqizildi


O‘zbekiston xalq rassomi G‘ofur Qodirovning "To‘y" nomli asari
O‘zbekiston xalq rassomi G‘ofur Qodirovning "To‘y" nomli asari
Toshkent shahar, Olmazor tuman ichki ishlar bo‘limining to‘yda kaltaklangan xodimi, militsiya mayori Xayrulla Do‘stov gospitalga yotqizildi.

Shahar ichki ishlar boshqarmasidagi Ozodlik manbasiga ko‘ra, poytaxtdagi “Sharq” to‘yxonasida 4 noyabr kechasi mahalliy lo‘lilar bazm qilayotgan paytda janjal chiqqani to‘g‘risida militsiyaga habar yetib kelgan.

To‘y bazmiga yetib kelgan Olmazor tuman ichki ishlar xodimlaridan to‘rt nafari to‘yda to‘polon ko‘targanlarni tinchitishga urinar ekan, o‘zlari ham oyoq ostida qoldi.

To‘yda qatnashganlardan biri Ozodlikka habar yuborib to‘polonning katta bo‘lgani va militsiya xodimlari lo‘lilarning oyog‘i ostida qolib qattiq jabr ko‘rganini yozdi.

Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasidagi Ozodlik manbasi 4 noyabr kechasi lo‘lilarning to‘y bazmida chiqqan janjal yuzasidan shikoyat tushganini tasdiqladi.

Manbaning aytishicha 4 noyabr kechasi soat 9 yarimda “Sharq” restoranida chiqqan janjaldan rohatsiz bo‘lgan fuqaroning shikoyati bo‘yicha militsiya brigadasi to‘yxonaga borgan.

- Sharq to‘yxonasining oldida ur-to‘polon¸ janjal bo‘ldi, deb signal tushdi. Lo‘lilar bir-biri bilan janjal qilgan.To‘yxonada ichib olib bir-birlarini do‘pposlayotgan lo‘lilarni tinchlantirish jarayonida uchastka noziri mayor rutbasidagi militsioner Hayrulla Do‘stov jarohat olib gospitalga yotdi. Notanish shaxs urgan, deb yozilgan. Bugun ishga chiqmagan bo‘lsa ham, jarohati og‘ir emas¸ dedi Ozodlikning Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasidagi manbasi.

Ana shundan keyin "bezorilik qilib mirshablarni kaltaklagan lo‘lilar" ma‘muriy huquqbuzarlik sodir etganlikda gumon qilinib, ular ustidan ish qo‘zg‘atildi.

Olmazor tuman sudi, lo‘lilarni 15 sutka qamoq jazosiga hukm qildi.

Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasidagi Ozodlik manbasining aytishicha mirshabni urgan to‘rtta lo‘li shaharning Panelьniy mavzesidagi hibsxonaga olib borib qamab qo‘yilgan.

Militsiya xodimining aytishicha, lo‘lilar jamoasi Toshkentning “Achaobod” va “Chorsu” mahallalarida yashaydi.
XS
SM
MD
LG