Линклар

Qitmmatbaho qog‘ozlar bozoriga chiqayotgan Tvitter mikrobloglar xizmatining aktsiyalari 26 dollardan sotiladi. Aktsiyalar 7 oktyabrdan Nyu York fond birjasida sotilishni boshlaydi.

Xabarlarga ko‘ra, mikrobloglar xizmati aktsiyalarni birlamchi joylashtirish jarayonida (IPO) 70 million dona aktsiya sotishni rejalagan.

Tvitterning kapitallashuv darajasi 14,1 milliard AQSh dollariga teng, deb baholangani aytilmoqda.

Mikrobloglar xizmati qimmatbaho qog‘ozlar bozoriga chiqayotgan ilk ijtimoiy tamoq emas. Facebook shirkati 2012 yilning may oyida o‘z aktsiyalarini birjaga chiqargan edi.

Tvitter mikrobloglar tarmog‘i 2006 yilda ishga tushgan. Mikroblogda foydalanuvchiga 140 belgigacha bo‘lgan xabarlarni chop etish, surat va videolarni joylash kabi xizmatlar ko‘rsatiladi.

Ayni damda 200 milliondan ortiq faol foydalanuvchisi bor ekani aytiladigan Tvitter xizmati dunyodagi eng mashhur veb-saytlarning o‘ntaligiga kiradi.

Tvitter xizmati so‘nggi yillarda o‘zbekistonlik internet foydalanuvchilari orasida ham ommalashib bormoqda.
XS
SM
MD
LG