Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:55

Moskvada o‘z uyi bor o‘zbek talabasi deport qilinishini kutmoqda


Moskvada Markaziy Osiëdan kelganlarni haydab chiqarish ko‘lami kengayib bormoqda. Ho‘lu quruq baravar ënaëtgan bu kampaniya davomida operativ sud hukmi bilan deportatsiya qilinaëtganlar orasida hamma hujjatlari risoladagiday¸ hatto Rossiya poytaxtida o‘z uyiga ega bo‘lgan o‘zbekistonliklar ham bor.

- Keyingi paytlarda Rossiya jamiyatining fashistlashuvi kuzatilmoqda. Bu Kreml olib borayotgan siyosat oqibatidir, dedi Ozodlik bilan suhbatda inson huquqlari “Memorial” jamiyati vakili.

Yelena Ryabinina bilan Moskvadagi Xalqlar do‘stligi universiteti 1 kurs talabasi, sirdaryolik Murodning Ozodlikka shikoyatidan so‘ng suhbatlashdik.

Murod ham minglab vatandoshlari kabi yaqin orada Rossiyadan chiqarib yuborilishi mumkin.

Gulistonlik 21 yashar Murod (familiyasi aytilmasligini istadi) Xalqlar do‘stligi universitetiga bu yil o‘qishga kirgan. Rossiyada istiqomat qilish huquqi ham bor.

- Saratov oblastidan vaqtincha istiqomat qilishga 3 yillik ruxsatnoma olganman, sentyabrda esa Moskvadan mening nomimga uy sotib olganmiz, Moskvada ham vaqtinchalik qayddan o‘tganman, dedi Murod.

25 sentabr kuni uni ko‘chada politsiya xodimlari to‘xtatib, hujjatlarini tekshirgan va Federal migratsiya xizmati (FMS) idorasiga olib kelgan.

O‘sha kuni Murodning yonida pasportidan boshqa hujjati bo‘lmagan.

- 5 minut vaqt bersangizlar uyim borligini, talaba ekanligimni tasdiqlovchi hujjatlarimni olib kelib ko‘rsataman, desam, yo‘q, deb telefonimni tortib olishdi, qo‘llarimga kishan solib yarim soatning ichida sudga olib borishdi, deydi Murod.

Uning ishi 25 sentabr kuni Moskva oblast, Domodedovo shahar sudida ko‘rildi. Sudya Murodning talaba ekanligi, uyi borligi, istiqomat ruxsati borligi to‘g‘risidagi gap-so‘zlariga quloq ham solmagan.

- Sudya 3 marta jarimaga tortilgan ekansan, shuning uchun deport qilinasan, dedi.

- Nima uchun jarimaga tortilgansiz?

- Bir marta hujjatlarimni yonimda olib yurmaganim uchun 500 rubl to‘laganman, ikki marta “melkoye xuliganstvo” uchun.

Domodedovo sudi Muroddan 5 ming rubl jarima undirish va uni 10 kun ichida Rossiyadan chiqarib yuborish to‘g‘risida hukm chiqargan.

Shundan so‘ng Murod advokat yollab Domodedovo shahar sudi hukumi ustidan Moskva oblast sudiga shikoyat arizasi kiritgan.

- 5 ming rubl jarimani to‘lasam aybga iqror bo‘lgan bo‘lib qolaman. Shuning uchun to‘laganim yo‘q. Pasportim hozir Domodedovo FMSda. Pasportim O‘zbekistonniki. Jarimani to‘lasam qaytarib berisharmish, dedi Murod.

Murodning pasportini garovda ushlab turgan idora vakili Ozodlik savollariga javob berishdan bosh tortdi.

Moskvadagi inson huquqlari “Memorial” jamiyati vakili Yelena Ryabininadan qanday holatlarda u yoki bu idora fuqaro pasportini ushlab turishga haqli ekanligi to‘g‘risida so‘radik.

- Fuqaro pasporti, agar u hibsda ushlab turilgan yoki sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilgan bo‘lsa, uni ushlab turgan muassasaning maxsus bo‘limida saqlanadi. Boshqa barcha holatlarda fuqaro pasportini ushlab turish qonunga ziddir, dedi Ryabinina.

Markaziy osiyolik mehnat migrantlarini keng ko‘lamda Rossiyadan haydalayotganini sharhlar ekan, Ryabinina bunday dedi:

- Bu, shubhasiz, Kreml yuritayotgan siyosatdir. Bu siyosat boshlanganiga ancha bo‘lib qoldi. Shu kunlarda esa, aql bovar qilmaydigan ko‘lam kasb etmoqda. Ko‘rinishi slavyanlarnikiga o‘xshamaganlarga qarshi qaratilgan bunday siyosat Rossiya jamiyatining fashistlashuviga xizmat qilmoqda, dedi Yelena Ryabinina.

Aytishicha, yaqinda uning qo‘liga bir-biriga o‘xshash ikki so‘rovi tushgan. Ulardan birini FMS, ikkinchisini politsiya sudga yo‘llagan.

“Migrantni Rossiyadan chiqarib yuborish “asoslangan” bu ikki hujjatning mazmuni, hatto imlo xatolari ham bir xildir”, deydi Ryabinina.

“Memorial” vakilining aniqlashicha, migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborish uchun bu standart so‘rovlar blankasi tegishli idoralarga, har gal bosh qotirib o‘tirishmasin, deb Moskva shahar sudi tomonidan jo‘natilgan.
XS
SM
MD
LG