Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:24

Tvitter aktsiyalarining narxi 50 dollargacha ko‘tarildi


Tvitter mikrobloglar xizmati aktsiyalarining narxi Nyu York fond birjasidagi savdolarning dastlabki soatlaridayoq 94 foizga ko‘tarilib, deyarli 50 dollarga yetdi.

Shunday qilib, savdolarning birinchi kunidagi ko‘rsatkichlarga ko‘ra, Tvitter shirkatining bozor narxi 25 milliard AQSh dollaridan oshib ketdi.

Taniqli mikrobloglar xizmati o‘z aktsiyalarini qimmatbaho qog‘ozlar bozoriga 7 oktyabr kuni olib chiqdi. Shirkat aktsiyalarining dastlabki narxi 26 dollar etib belgilan edi.

Tvitter mikrobloglar tarmog‘i 2006 yilda ishga tushgan. Mikroblogda foydalanuvchiga 140 belgigacha bo‘lgan xabarlarni chop etish, surat va videolarni joylash kabi xizmatlar ko‘rsatiladi.

Ayni damda 200 milliondan ortiq faol foydalanuvchisi bor ekani aytiladigan Tvitter xizmati dunyodagi eng mashhur veb-saytlarning o‘ntaligiga kiradi.

Tvitter xizmati so‘nggi yillarda o‘zbekistonlik internet foydalanuvchilari orasida ham ommalashib bormoqda.
XS
SM
MD
LG