Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:23

O‘zbek Boymurod “Jimmi” "Zita"sini Piterdan topdi


O‘zbek Jimmi Boymurod va uning xotini Lyudmila
O‘zbek Jimmi Boymurod va uning xotini Lyudmila
Hind qo‘shiqlarini ham er, ham ayol ovozida, paqir va tog‘oralarni chalib, qoyilmaqom ijro etib tanilgan tojikistonlik o‘zbek “Boymurod Jimmi” Sankt-Peterburgda rus ayoliga uylandi. Rasmiy nikohdan o‘tgan kelin-kuyovlar to‘yni shahardagi muhtasham restoranlardan birida o‘tkazdi.

Sankt-Petergburgdagi restoranlardan birida 19 oktabr kuni rasmiy nikohdan o‘tgan 41 yoshli Boymurod “Jimmi” bilan mahalliy rus ayoli Lyudmilaning nikoh bazmi bo‘ldi.

Anchayin to‘kin dasturxon ustida kechgan bazmda ham kuyov Boymurodni tinch qo‘yishmadi. Undan Internet tarmoqlarida millionlab odam tomosha qilgan “Disko raqqosi” hind filmidagi qo‘shiqni yana bir bor ijro etib berishni so‘rashdi.

Boymurodning Lyudmilaga ko‘ngil qo‘yganiga ikki yil bo‘ldi. Lyudmila navbatdagi kontsertlardan biridan so‘ng dastxat so‘rab menga murojaat qilganida, ko‘nglim shig‘ etib ketdi, deydi Boymurod Ozodlikka:

- Bulturdan buyon ikkalamiz gaplashib yurardik. Tojikistonga olib borib, ota-onamga ham ko‘rsatib keldim. Ularga ham kelin yoqdi. Afsus to‘yimga otam kelolmadi, mazasi yo‘q edi,- deydi Boymurod.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:32 0:00
Бевосита линк


Boymurodning xotini Lyudmila Minkova “Moskovskiy komsomolets” Internet saytiga bergan intervyusida qaylig‘i unga gullar sovg‘a qilganini, eng so‘nggi chaqasini sarflab, uni kinoga olib kirganini aytadi.

“Boymurod menga qoyilmaqom tarzda xushomad qiladi. Parkda u mening qo‘limdan ushlab qo‘shiq kuylardi. Biroq, men bu qarorga osonlikcha kelganim yo‘q. Men bilaman, ko‘p muhojirlar mamlakatda qolish uchun mahalliy qizlarga uylanishga harakat qiladi. Lekin Boymurot mendan propiska ham, kvartira ham talab qilgani yo‘q. U shunchaki yaxshi oila haqida orzu qiladi. Men kadrlar bo‘limida o‘n yil ishlagan mutaxassis sifatida buni yaxshi bilaman”, deydi Lyudmila Minkova.

Boymurod esa shahar markazidan ikki xonali uyni ijaraga olganligini, hatto uyida xizmatkorlar borligini aytadi:

- Kelinni o‘z uyimga olib keldim. Ikkita xizmatkorimiz bor. Ularga 15 ming rubldan maosh beraman,- deydi Boymurod.

Boymurodga ko‘ra, uning ishlari hozir avjida, butunlay san‘atga berilgan, yangi qo‘shiqlar ustida ishlamoqda:

- Sankt-Peterburgdagi “Viktor” guruhida ishlayapman. Juda ko‘p tillarda qo‘shiq aytaman. Xotinim Lyudmila mening prodyusserim. Qayerdan zakaz tushsa o‘zi gaplashib beradi. Biz borib o‘tkazib kelamiz, deydi Boymurod.

Taqlidchi-qo‘shiqchi o‘z muxlislariga, shuningdek, o‘z shevasi – laqaychada xalq qo‘shiqlarini ham ijro etmoqda:

Tegirmon bashidan o‘tin aldim,
O‘tinni pulig‘a xatin aldim,
Xatinimni ati Bibisora,
Biroq osh qiladi qop-qora.
Enameyeey, enam, enamni jegan otameyeey, otam....


O‘zbek Jimmisi rus rejissyorlari suratga olgan “Yolka 1,2” filmlarida suratga tushgan, Andrey Malaxovning “Pust govoryat” ko‘rsatuvida ishtirok etgan.

Boymurodning aytishicha, u “Yolka 3” filmida ham suratga tushgan va bu film dekabr oyida kinoekranlarga chiqariladi.

Tojikistonning Panj tumanida yashagan, o‘zbekning laqay urug‘idan bo‘lgan Boymurod Olloberdiyev, birinchi xotini uni tashlab ota-onasi bilan Qozog‘istonga ko‘chib ketganidan so‘ng, 2008 yilda mehnat muhojiri bo‘lib Rossiyaga ketgan edi.

Boymurodning aytishicha, u o‘zlarining 700 bosh qo‘y echki va qoramoliga cho‘ponlik qilib yuraverganida balki Rossiya tomonlarga kelmas edi. Biroq, Tojikistondagi fuqarolik urushi va uning oqibatlari Boymurodni muhojirlik qismatini tanlashga majbur qildi.

Boymurod Olloberdiyevni Internetda mashhur bo'lishiga sabab bo'lgan videolardan biri:

XS
SM
MD
LG