Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:55

Sharqshunoslik institutida rozetkalar yopib tashlandi


Toshkent Davlat sharqshunoslik institutining paxta terimidan qaytgan talabalari iRad, noutbuk va mobil telefonlarini elektrdan quvvatlantirish uchun rozetka topa olmay qoldilar. Chunki, ular paxta terimida ekanligi paytida unversitet auiditoriyalaridagi barcha rozetkalar yopib tashlandi.

Toshkent Davlat sharqshunoslik institutidagi auiditoriyalaridagi barcha rozetkalar yopib tashlandi.

Bu haqda Ozodlikka xabar bergan talaba yopib tashlangan rozetklar suratini ham ilova qilgan:

“Biz paxtadan qaytganimizda 9 va 7 qavatli ikkita binoning barcha dars o‘tiladigan auditoriyalaridagi tok rozetkalar yopib tashlangan ekan. Aytishlaricha, shaxsiy noutbukli talabalar sonining ortishi institutning elektr energiyasi uchun to‘lovlarning keskin oshishiga sabab bo‘lmoqda ekan. Biroq institutimiz rahbarlari aniq javob berishni istashmayapti”, deb yozadi talabalardan biri.

Ozodlik auditoriyalardagi rozetkalar yopib tashlanganini bilish maqsadida institut rahbariyati bilan bog‘landi.

Iqtisod va tadbirkorlik bo‘yicha prorektor Shuhrat Mirziyotov rozetkalar yopib tashlanganini inkor etdi:

- Hech unaqa emas, hamma joyda bizda rozetkalar ishlab turibdi, dedi Shuhrat Mirziyoyev.

Biz rozetkalari yopib tashlangan bir necha auditoriyalar suratini ko‘rib turganimizni aytsak ham, prorektor buni inkor qildi.

Ismi sir qolishini so‘ragan talabalardan birining aytishicha, institut rahbariyati buni talabalarning internetdan foydalanishini cheklash maqsadida qilgan:

- O‘zi hozir hamma yo telefonda, yoki aypadda internetga ulangan. Ko‘pchilik auditoriyada zaryad qilib olardi. Domlalar, zaryadi tugab qolsa Internetga kirolmasin deb shunaqa qilgan bo‘lsa kerak, dedi talaba.

O‘zbekiston Oliy o‘quv yurtlarida Internetga cheklovlar qo‘yish holatlari kuzatilib turadi.

Jumladan, sentyabr oyida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Wi-Fi uzib qo‘yildi va talabalar yotoqxonasida Internetdan foydalanish taqiqlangan edi.
XS
SM
MD
LG