Линклар

logo-print
“Air India” aviakompaniyasiga qarashli “Boing-777” rusumidagi yo‘lovchi samolyot Toshkent xalqaro aeroportiga favqulodda qo‘ndi.

Shanba kuni Dehlidan Nyu York tomon parvoz qilgan samolyotning ekipaj a‘zolaridan biri o‘zini yomon his qilgani sababli samolyot ertalab soat beshda Toshkent aeroportiga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgan.

Axborot agentliklari xabariga ko‘ra, ekipajning xasta a‘zosi kasalxonaga yotqizilgan.

Bortida 253 yo‘lovchi va 12 nafar ekipaj a‘zosi bo‘lgan samolyot yerga qo‘nayotgan paytda g‘ildirak shinasi yorilib ketgan. Voqeada hech kimga ziyon yetmagan.

“Air India” shirkati o‘z yo‘lovchilarini manzilga yetkazish uchun Toshkentga boshqa “Boing-777” samolyoti bilan texnik mutaxassislar jo‘natgan.
XS
SM
MD
LG