Линклар

logo-print

“O‘zneftmahsulot” O‘zbekistonda yoqilg‘i taqchilligi yuzaga kelganini e‘tirof etdi


Toshkentdagi AYoQSh oldida benzin uchun navbat.

Toshkentdagi AYoQSh oldida benzin uchun navbat.

“O‘zneftmahsulot” shirkati O‘zbekistonda benzin tanqisligi muammosi borligini bilvosita tan oldi va bu muammoni bartaraf etish uchun qo‘ldan kelgan barcha choralarni ko‘rishga va‘da berdi.

Shirkat tomonidan tarqatilgan matbuot varaqchasida AYoQShlardagi turnaqator navbatlar “O‘zneftmahsulot”ga bog‘liq bo‘lmagan ayrim omillar tufayli yuzaga kelgani aytiladi.

“O‘zneftmahsulot”ga ko‘ra, yoqilg‘i tanqisligiga benzin narxi oshishi va dekabrь oyidan benzin umuman bo‘lmasligi haqidagi asossiz mishmishlar sabab bo‘lgan. Bundan vahimaga tushgan avtomobil egalari benzin g‘amlashga tushib ketishgan, bu esa yoqilg‘iga bo‘lgan talabni yanada kuchaytirib yuborgan.

O‘zbekistonda so‘nggi haftalarda avtomobil yoqilg‘isi tanqisligi kuzatilayotgani to‘g‘risida Ozodlik avval bir necha bor xabar qilgan.

“O‘zneftmahsulot” shirkati yoqilg‘i bo‘hronini bartaraf etish uchun xorijdan olinayotgan neftь hajmi oshirilajagini va bu xom ashyo O‘zbekistondagi neftni qayta ishlash zavodlarida qayta ishlanajagini, shu bilan AYoQShlardagi navbatlarga barham berilajagini qayd etgan. Shuningdek, shirkat 2013 yil oxirigacha benzin narxi oshishi kutilmayotganini ham ta‘kidlagan.
XS
SM
MD
LG