Линклар

O‘sh shahar Ichki ishlar boshqarmasi matbuot kotibi Zamir Sidiqovning Ozodlikka ma‘lum qilishicha, mahalliy tadbirkorga hujum 9 noyabrdan 10 noyabrga o‘tar kechasi O‘sh xalqaro aeroporti yonidagi avtomobillar to‘xtash joyida sodir etilgan.

Tezkor ma‘lumotlarga ko‘ra, hujumchilar to‘rt kishi bo‘lgan. Ular tadbirkor o‘tirgan avtomobilni o‘qqa tutib, keyin jabrlanuvchiga hujum qilib, uning ikki sumkasini tortib olganlar. Sumkalarning birida 4,5 million AQSh dollari miqdorida naqd pul bo‘lgani aytilmoqda.

Jabrlanuvchi tadbirkor hujumchilar o‘tirgan avtomobillardan birini quvib yetib, uni urib, to‘xtatishga muvaffaq bo‘lgan. Pirovardida militsiya xodimlari hujumchilardan birini qo‘lga olganlar.

Ushlangan shaxs Jalolobod viloyatining Ko‘kyong‘oq shahrida yashovchi 29 yoshli yigit bo‘lib chiqqan. Tintuv chog‘ida undan 1,1 million dollar miqdorida naqd pul solingan sumka musodara etilgan.
XS
SM
MD
LG