Линклар

FIFAning "Oltin to'p" sovriniga asosiy nomzodlardan biri hisoblanmish Lionel Messi sonidan olgan jarohati tufayli 2013 yil ohirigacha maydonga tusha olmaydi.

"Barselona" hujumchisi Messi 11 noyabr kuni tibbiy ko'rikdan o'tgani va shifokorlar unga 6 haftadan 8 haftagacha maydonga chiqmaslikni tavsiya etgani aytilmoqda.

Messi sonidagi jarohatni 10 noyabr kuni "Betis" klubiga qarshi o'tgan o'yinda olgan edi. Maydonga asosiy tarkibda tushgan argentinalik hujumchi oyog'idagi kuchli og'riq tufayli uchrashuvning 23-daqiqasidayoq zahiradagi o'yinchiga almashtirildi.



Bu Lionel Messining joriy mavsumdagi ilk jarohati emas. Futbolchi sentabr oyida sonidan olgan jarohati tufayli qariyb uch hafta jamoasi uchrashuvlarida qatnashmagan edi.

Shunday qilib, "Barsa" hujumchisi kamida 8ta o'yinni o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi - Argentina terma jamaosining Ekvador hamda Bosniya va Gersegovina termalariga qarshi o'yinlari, ikkita Chempionlar ligasi uchrasuvi va to'rtta Ispaniya chempionati uchrashuvlari.

Joriy mavsumda Messi "Barselona"ning barcha turnirlardagi 15ta uchrashuvida maydonga tushdi va ularda raqib darvozasini 14 martta aniq nishonga oldi.

Eslatamiz, "Barselona"ning 26 yoshli argentnalik hujumchisi Lionel Messi FIFAning 2013 yilgi "Oltin to'p" sovriniga asosiy da'vogarlardan biridir. Yilning eng yaxhsi futbolchisiga beriladigan ushbu sovringa so'nggi to'rt yil davomida Messi egalik qilib kelmoqda.
XS
SM
MD
LG