Линклар

Xalqaro futbol uyushmalari ittifoqi (FIFA) Ferens Pushkash nomidagi sovrinning 2013 yilgi sohibini aniqlash uchun onlayn so'rovni boshladi. Ushbu sovrin yilning eng chiroyli goli egasiga topshiriladi.

So'rov ikki bosqichdan iborat bo'lib, birinchi bosqichi 9 dekabrgacha davom etadi. Unda FIFA futbol ekspertlari tarafidan tanglangan 10ta gol futbol muxlislari ko'rigiga qo'yiladi. Muxlislar o'zlariga yo'qqan eng chiroyli tanlab, unga ovoz berishlari kerak.

Ikkinchi bosqichga eng ko'p ovoz to'plagan uchta gol chiqadi va futbol ishqibozlari yana ovoz berish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Yilning eng chiroyli goli uchun ovoz berish 2014 yilning 13 yanvariga qadar davom etadi. So'rovning yakuniy natijasi 13 yanvar kuniga rejalashtirilgan FIFAning gala-konsertida e'lon qilinadi.

Eng chiroyli gol egasiga afsonaviy futbolchi Ferens Pushkash nomidagi mukofot topshiriladi.

2012 yilgi Pushkash mukofotini slovakiyalik taniqli futbolchi Miroslav Stox ushbu goli uchun qo'lga kiritgan edi.

Quyida FIFAning 2013 yilgi Pushkash mukofoti uchun bellashayotgan gollar to'plami:

Peter Ankersen, Daniyaning "Esberg" futbol klubi - 10 avgust 2013, "Esberg"-"Orxus"

Liza De Vanna, Avstraliyaning "Viktoriya" (Melburn) futbol klubi - 1 iyun 2013, "Skay Blyu"-"Boston Breykers"

Antonion Di Natale, Italiyaning "Udinese" futbol klubi - 7 aprel 2013, "Udineze"-"Kyevo"

Zlatan Ibragimovich, Fransiyaning "PSJ" futbol klubi - 13 noyabr 2012, Shvetsiya - Angliya

Panagiotis Kone, Italiyaning "Bolonya" futbol klubi - 16 dekabr 2012, "Napoli"-"Bolonya"
Luiza Nesib, Fransiyaning "Lion" futbol klubi - 17 mart 2013, "Lion"-"Sent-Etyen"
Daniel Luduenya, Meksikaning "Pachuka" futbol klubi - 27 iyul 2013, "Pachuka"-"Tigres"

Nemanya Matich, Portugaliyaning "Benfika" futbol klubi - 13 yanvar 2013, "Benfika"-"Portu"
Xuan Manuel Olivera, Urugvayning "Penyarol" futbol klubi - 28 avgust 2013, "Nautiko"- "Sport Resife"
Neymar, Ispaniyaning "Barselona" futbol klubi - 15 iyun 2013, Braziliya - Yaponiya
XS
SM
MD
LG