Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 03:39

Futbol: Qosimov Vetnam va Gongkongga qarshi o‘yinlar uchun yakuniy tarkibni e‘lon qildi


O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Vetnam va Gonkong jamoalariga qarshi o‘yinlar uchun 23 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkibni e‘lon qildi.

Eslatamiz, O‘zbekiston terma jamoasi 2015 yilgi Osiyo kubogi saralash o‘yinlari doirasida 15 noyabr kuni Vetnam, 19 noyabr kuni esa Gonkong terma jamolariga qarshi maydonga tushadi. Ikkala o‘yin ham safarda bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston futbol federatsiyasining ma‘lum qilishicha, Toshkentdagi yig‘inga chaqirilgan Temur Kapadze ("Aktobe"), Jasur Hasanov ("Bunyodkor") va Islom Inomovlar ("Lokomotiv") jarohatlari tufayli terma jamoa bilan safar o‘yinlarida qatnasha olmaydi.

Ular o‘rniga terma jamoa tarkibiga Shavkat Salomov ("Jetisu") hamda Dilshod Jo‘rayevlar ("Bunyodkor") taklif etildi.

O‘zbekiston terma jamoasi 12 noyabr kuni tunda Toshkent-Seul-Xanoy yo‘nalishi orqali Vetnamga uchib ketdi.

Osiyo kubogi saralash bosqichining “E” guruhida bellashayotgan O‘zbekiston terma jamoasi ayni damda 4 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Birinchi o‘rinni uch o‘yinda uchta g‘alabaga erishgan BAA jamoasi egallab turibdi.

O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo Kubogi-2015 saralash bosqichi doirasidagi Vetnam va Gongkong terma jamoalariga qarshi uchrashuvlar uchun e‘lon qilgan yakuniy tarkibi quyidagicha:

Darvozabonlar:
Eldor Suyunov (“Nasaf”)
Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”)
Murod Zuhurov (“Bunyodkor”).
Himoyachilar:
Anzur Ismoilov (“Changchun Yatai”, Xitoy)
Islom To‘xtaxo‘jayev (“Lokomotiv”)
Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” Moskva, Rossiya)
Vladimir Kozak (“Paxtakor”)
Shavkat Mullajonov (“Liaoning”, Xitoy)
Davron Hoshimov (“Paxtakor”)
Yarim himoyachilar:
Aziz Haydarov (“Ash-Shabob”, BAA)
Fozil Musayev (“Al-Mu‘ayzir”, Qatar)
Sanjar Tursunov (“Gazovik”, Rossiya)
Odil Ahmedov (“Anji”, Rossiya)
Shavkat Salomov (“Jetisu”, Qozog‘iston)
Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”)
Sardor Rashidov (“Bunyodkor”)
Server Jeparov (“Syongnam Ilva”, Janubiy Koreya).
Dilshod Jo‘rayev (“Bunyodkor”)
Hujumchilar:
Bahodir Nasimov (“Neftchi”, Ozarbayjon)
Igor Sergeyev (“Paxtakor”)
Vohid Shodiyev (“Buxoro”)
Shahzod Nurmatov (“Metallurg”)
Ivan Nagayev (“Lokomotiv”)
XS
SM
MD
LG