Линклар

Шошилинч хабар
10 май 2024, Тошкент вақти: 23:18

JCh-2014: Irodaniyaning mundialga bormasligi deyarli aniq bo‘ldi


O'zbekiston-Iordaniya uchrashuvidan lavha. Osiyo kubogi, 21 yanvar 2011.
O'zbekiston-Iordaniya uchrashuvidan lavha. Osiyo kubogi, 21 yanvar 2011.
Futbol bo‘yicha Irodaniya milliy terma jamoasining 2014 yilgi Jahon chempionatiga chiqmasligi deyarli aniq bo‘ldi.

13 noyabr kuni Amman shahrida JCh-2014 saralash qit‘alararo pley-off uchrashuvida iordaniyaliklar urugvaylik raqiblariga 0:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Urugvaylik futbolchilarning to‘liq ustunligida o‘tgan uchrashuvdagi gollarga Maksimiliano Perreyra (22), Kristian Stuani (42), Nikolas Lodeyro (69), Kristian Rodriges (77) va Edison Kavanilar (90+2) mualliflik qildi.

Urugvay va Iordaniya terma jamoalari o‘rtasidagi qit‘alararo pley-off javob uchrashuvi 20 noyabr Urugvay poytaxti Montevideo shahrida bo‘lib o‘tadi.

Eslatamiz, Iordaniya terma jamoasi Osiyo pley-off bellashuvlarida O‘zbekiston terma jamoasini mag‘lub etib, qit‘alararo pley-off bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.

Iordaniya-Urugvay 0:5, gollar:
XS
SM
MD
LG